16/10/2022
15-oktyabr Nyu York shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida Amerikalik Deontay Wilder (46 jang, 43 g'alaba, 2 mag'lubiyat, 1 durrang) Finlandiyalik raqibi Robert Helenius (35 jang, 31 g'alaba) ni 1 raunddayoq chuqur nokaut (KO) holatiga tushurib, muhim g'alabani qayd etdi.
25/09/2022
Boyagina yakuniga yetgan boks oqshomida Angliyalik Joe Joyce (14jang, 13nokaut) Yangi Zelandiyalik kuchli raqibi Joseph Parkerni 11-raundda nokautga uchratdi va super og'ir vaznda WBO interim kamariga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Joe Joyce 2016-yilgi Rio Olimpiadasida og'ir vaznda Kumush medal 🥈sohibi bo'lgan.
21/08/2022
20-avgust kuni Saudiya Arabistoni Jidda shahrida dramatik ravishda o'tgan revansh jangida Ukrainalik Oleksandr Usyk yana bir bor Anthony Joshuani ochkolar hisobida taslim etdi.
Joshua - Usyk 115-113
Usyk - Joshua 115-113
Usyk - Joshua 116-112
Eslatib o'tamiz, Oleksandr Usyk ushbu g'alabadan keyin og'ir vazn toifasida WBA (Super), IBF, WBO, IBO kamarlaridan tashqari "Ring" jurnali kamariga ham ega bo'ldi.
20/06/2022
18-iyun Amerikaning Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan jangda Rossiyalik Artur Beterbiev (18 jang 18 nokaut) Amerikalik Joe Smit Juniorni 2raundda nokaut etib, yengil og'ir vaznda (light heavyweight) WBO kamari egasiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev ayni damda ushbu vazn toifasida WBC, IBF va WBO kamarlari egasi hisoblanadi. Yana bir kamar WBA (Super)ga esa boshqa bir Rossiyalik - Dmitriy Bivol egalik qiladi.
Ushbu ikki Rossiyalik o'rtasida kamarlarni birlashtiruvchi jang tashkil qilinsa, ushbu vazndagi "Undisputed" Chempionni aniqlab olgan bo'lardik.
Sizningcha qaysi bokschi g'alaba qozonishi mumkin, Beterbiev yoki Bivol? Fikrlarizni izohlarda qoldiring.
07/06/2022
Yaponiyalik bu jangchiga qoyil qolmasdan iloj yo'q.
Hozirgina muddatidan oldin tugagan jangda Naoya Inoue Fillippinlik raqibi Nonito Donaire ni 2raundda nokaut holatiga tushirdi va bantamweight vaznda (super yengil vazn, 51-53kg) WBA, IBF, The Ring kamarlarini himoya qilib, raqibining WBC kamariga ham ega chiqdi.
Naoya Inoue TKO Nonito Donaire (Round 2). Saitama, Japan.
Eslatib o'tamiz, bu revansh janggi bo'lib, bungacha ular 2019 yilda ham jang qilishgan va unda yaponiyalik jangchi ochkolar hisobiga g'olib chiqqandi.
06/06/2022
Kecha Avstraliyaning Melburn shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida yengil vazn toifasida (ligthweight) "Undisputed" -shu vaznning barcha kamarlari uchun jang bo'lib o'tdi. Unda WBC kamari sohibi Amerikalik Devin Haney Avstraliyalik WBA, IBF, WBO hamda Ring jurnali kamarlari egasi Jorj Kambosos Juniorni 116-112, 116-112, 118-110 hisobi bilan ochkolar evaziga mag'lub etdi va barcha kamarlarga ega chiqdi.
Yengil vaznda yangi mutlaq jahon chempioni Devin Haneyni tabriklab qolamiz.
30/05/2022
28-may kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etilgan boks oqshomida WBA yengil vazn chempioni Gervonta "Tank" Davis raqibi Rolando Romeroni 6-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi va kamarini munosib himoya qildi.
26/05/2022
Ushbu surat turli xil boks tashkilotlari tomonidan "𝐁𝐨𝐤𝐬 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐞𝐧𝐠 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐬𝐮𝐫𝐚𝐭" deya bir ovozdan e'tirof etiladi.
Ma'lumot o'rnida, bu surat 1965-yil 25mayda Muhammad Alining Sonny Listonga qarshi ikkinchi jangida olingan. Mashhur "𝐏𝐡𝐚𝐧𝐭𝐨𝐦 𝐩𝐮𝐧𝐜𝐡" dan keyin Liston nokaut holatiga tushgan.
24/05/2022
Lennoks Lyuis. Amerikalik boks afsonasi.
41 g'alaba, 2 mag'lubiyat.
Har ikki mag'lubiyatida ham ma'lum vaqt o'tib revansh orqali qasdini olishga muvaffaq bo'lgan o'z davrining buyuk bokschilaridan biri.
21/05/2022
2002-yil, 8-iyun. Mayk Tayson Lennoks Lyuisga qarshi.
Jangdan oldingi va keyingi rasmlar.
P.S. Jang Taysonning mag'lubiyati bilan yakunlangan.
08/05/2022
7-May oqshomida bo'lib o'tgan jangda dunyoning eng zo'r bokschisi hisoblanadigan Meksikalik Saul "Canelo" Alvarez asli Qozog'istonlik Rossiya vakili Dmitriy Bivolga bir ovozdan 115-113 hisobida ochkolar hisobida mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang Bivolning WBA light heavyweight (boshlangich og'ir vazn) kamari uchun bo'lib o'tdi.
Mag'lubiyatga qaramay, Kanelo hali hanuz pound for pound rankingida dunyoning eng zo'r bokschisi bo'lib qolmoqda.
26/04/2022
Xullas, yana o'sha Tayson Fury haqida yozishda davom etamiz. Chunki u 24-aprel sanasida sensatsion ravishda Dillian Whyteni maglub etdi va kamarlarini saqlab qoldi (va shu bilan birgalikda boksdan ketishiga sha'ma ham qilib qo'ydi). Birovning topgan daromadi haqida gapirish odobdan emas, lekin biz o'zbeklar baribir qiziqamiz-da😀
Xo'sh manbalarga tayanadigan bo'lsak, Tayson Fury birgina shu 6 raund davom etgan jangdan $33.6mln dollar ishlab topgan. Bu degani:
Har bir raund - $5.6mln dollar
Har bir minut - $1.9mln dollar
Har bir sekund -$31,100 dollar
Har bir zarba - $442,100 dollar.
Nima ham derdik, qoyil qolmasdan iloj yo'q.