04/11/2024
🇺🇿Buxoro viloyatida kurash natijalari va yutuqlari bo'yicha yig'ilish bo’lib o’tdi!
▫️Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Mirali Xamrayev boshchiligida viloyat sport boshqarmasi boshlig’i U.Nadjimidinov hamda kurash federatsiyasi va sport mutasaddilari ishtirokida muhim yig'ilish o'tkazildi.
▫️Yig'ilishda dastavval, O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 4881 – sonli qarori ijrosi bo’yicha so’z bordi. Shundan so’ng, M.Xamrayev dastlab kurash federatsiyasi raxbari S.Umarovni tingladi. Unga ko’ra federatsiya raxbari, sportchilarning jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatlari va xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritgan medal va diplomlari haqida so'z yuritdi.
▫️Shuningdek ortda qolib borayotgan mazkur yil bo’yicha kurash borasida qo'lga kiritilgan natijalar, jahon chempionlari va sovrindor sportchilar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shu bilan birga, Buxoro viloyati kurashchilari o'z mahoratlarini ko'rsatib, xalqaro arenada o'z o'rnini topishga muvaffaq bo'lishganini aytib o’tildi.
Undan tashqari yig'ilish davomida soha yuzasidan kamchiliklar, kelajakdagi rejalar kabi masalalar ham muhokama qilinib, viloyatda yetishib chiqayotgan jahon chempionlari va boshqa yuqori natijalarga erishgan sportchilar taqdirlangani, ularning yutuqlari yosh avlodga ilhom manbai bo'lishi alohida ta'kidlandi.
▫️Yig’ilishning ikkinchi yarmida, trening jarayonlari, infratuzilma va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr almashildi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun kelgusida amalga oshirilishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar belgilandi.
Kelgusi musobaqalarda, sportchilarni tayyorlash jarayoni va ularni xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga ko'maklashish bo'yicha rejalar muhokama qilindi. Yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda tajribali murabbiylar bilan hamkorlik o'rnatish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
▫️Yig'ilish, sport sohasidagi yutuqlarni yanada oshirish, sportchilarni rag'batlantirish va kelajak avlodni kurashga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Telegram (https://t.me/buxorosport) | Facebook (https://www.facebook.com/buxsport) | Instagram (https://www.instagram.com/buxoro.sport/) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCoXX7VPr1O4nzicOvlzsunQ)
23/10/2024