12/11/2021
Kurash fakulteti dekani, belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempioni, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dotsent, Zohidjon Sobirovich Artiqov tomonidan 2021 yil 12 noyabr kuni fakultetning yosh professor-o‘qituvchi va talabalariga “ustoz-shogird” tizimi an’analari bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Belbog‘li kurash yo‘nalishi talabalariga Sport pedagogik mahoratini oshirish darsida “Ustoz-shogird” tizimini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarda ustozlarning tajribalarini amaliy jihatdan mukammal o‘zlashtirish, o‘zi bajara oladigan darajadagi mahoratga ega bo‘lishi, ijodiy fikrlay olishi, odob-axloqli, ma’naviy yetuk, ziyoli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu mahorat darsida magistrantlar va talabalar o‘zlariga zarur bo‘lgan amaliy va nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.