13/06/2026
Farg‘ona shahrida 9–12 iyun kunlari sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha 2009–2010–2011-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada G‘ijduvon tuman sport maktabi sportchi o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
🏆 48 kg vazn toifasida Qudratova Zilolaxon barcha raqiblarini mag‘lub etib, 1-o‘rin sohibasi bo‘ldi va Jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi.
🥉 44 kg vazn toifasida Xolmurodova Kumush 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
G‘olib sportchilarimizni, ularning murabbiylari hamda G‘ijduvon tuman sport maktabi jamoasini muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.