Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi rasmiy sahifasi
Avaz Qudratillayevich Karimov – 1983-yil 19-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti magistraturasi. Mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi raisining oʻrinbosari sifatida ish boshlagan. 2007-201
1-yillarda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi, 2011-yildan Oʻzbekiston badminton federatsiyasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2014-2015-yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori oʻrinbosari, soʻngra ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport vazirligi ishlar boshqarmasi boshligi, Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2017-2019-yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019-yil 6-sentyabrdan 2020-yilgacha Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2020-2021-yillar Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari. 2021-yildan hozirgi kunga qadar Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimida.
Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Tashkent?