O‘zbek geologiya qidiruv AJ

O‘zbek geologiya qidiruv AJ

Share

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ qoshida tashkil etilgan “UZGEO TABLE TENNIS CLUB” jamoasi

Photos from O‘zbek geologiya qidiruv AJ's post 18/05/2026

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” tashabbusi bilan stol tennisi musobaqasi tashkil etildi

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan tashkil etilgan “UZGEO TABLE TENNIS CLUB” tashabbusi bilan Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlari ishtirokida stol tennisi boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi.

Bellashuvda vazirlik tizimidagi 9 ta tashkilotdan jami 41 nafar havaskor sportchi-xodimlar ishtirok etib, oʻzaro qizgʻin va murosasiz bahslarda mahoratlarini namoyon etishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilarning epchilligi, tezkorligi va sportga boʻlgan qiziqishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki turli tashkilot vakillarini birlashtirgan samimiy muloqot maydoniga aylandi. Mazkur musobaqa sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoalarda sport madaniyatini yanada rivojlantirish hamda xodimlar oʻrtasida doʻstona va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” tomonidan bu kabi sport tadbirlarini muntazam tashkil etish orqali tizim xodimlarini ommaviy sportga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Photos from O‘zbek geologiya qidiruv AJ's post 18/05/2026

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida yangi sport loyihasi – “UZGEO TABLE TENNIS CLUB” o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur tashabbus aholining, ayniqsa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda stol tennisi sport turini yanada ommalashtirishga qaratilgan.

Klub faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu yo‘nalishda muhim amaliy qadam bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimida federatsiya vakillari, jamiyat rahbariyati, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa tashkilotlar kesimida sport infratuzilmasini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Yangi tashkil etilgan klub zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda muntazam mashg‘ulotlar, ichki birinchiliklar va turli darajadagi musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, istiqbolda iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni professional bosqichga yo‘naltirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ochilish doirasida o‘tkazilgan bellashuvlar ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi va tayyorgarlik darajasi yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.

“UZGEO TABLE TENNIS CLUB” faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi jamoalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, sport madaniyatini rivojlantirish hamda stol tennisining ommaviyligini oshirishga xizmat qiladi.
Kelajakda aynan shu yerda yangi iste’dodlar kashf etilishi hamda yurtimiz bayrog'ini dunyoga tanitishda xizmat qilishlariga ishonch bildirib qolamiz!

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address

Tosbkent Shahar, Mirzo Ulug‘bek Tumani, Olimlar Ko‘chasi, 49-uy
Tashkent