O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi

Share

O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi
-
Федерация настольного тенниса Республики Узбекистан
-
Uzbekistan table tennis federation

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 07/08/2026
Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 06/08/2026

🏓 Shirin shahrida U-19 yosh toifasi bo‘yicha viloyat kubogi g‘oliblari aniqlandi

2026-yil 6-avgust kuni Shirin shahrida stol tennisi bo‘yicha U-19 yosh toifasi o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Yakkalik bahslari formatida tashkil etilgan musobaqada viloyatning iqtidorli yosh sportchilari o‘zaro kuch sinashdilar.

🏆 O‘smirlar o‘rtasida:
🥇 Xusainov Azizbek
🥈 Berdiyev Samir
🥉 Pavlov Viktor va Omonov Azizbek

🏆 Qizlar o‘rtasida:
🥇 Malohiddinova Asila
🥈 Bo‘riboyeva Durdona
🥉 Bo‘riboyeva Sarvinoz va Boltaniyozova Ruxshona

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar taqdirlanib, eng yaxshi natija qayd etgan sportchilar Respublika kubogi musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

👏 O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasi barcha g‘olib va sovrindor sportchilarni, ularning murabbiylari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etadi.

Yoshlarimizga Respublika kubogi va kelgusi xalqaro musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak natijalar va yangi zafarlar tilaymiz!

https://t.me/uzstoltennis

📸Instagram 🕊 Twitter
📹You Tube ✅ Telegram
✅ Facebook

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 05/08/2026

WTT Youth Contender Tashkent II 2026 hamda WTT Feeder Series Tashkent 2026 xalqaro turnirlarining yuqori saviyada tashkil etilishi va muvaffaqiyatli o’tishida volontyorlar jamoasi alohida o‘rin tutdi.

💙 Mehmonlarni kutib olish, delegatsiyalarga hamrohlik qilish, sportchilar va rasmiylarga ko‘maklashish, logistika, axborot xizmati hamda boshqa ko‘plab tashkiliy yo‘nalishlarda sidqidildan mehnat qilgan barcha volontyorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

👏 Sizning mas’uliyatingiz, tashabbuskorligingiz va cheksiz energiyangiz tufayli musobaqalar yuksak saviyada tashkil etildi hamda O‘zbekistonning mehmondo‘stligi yana bir bor xalqaro maydonda namoyon bo‘ldi.

🤝 Barcha volontyorlarga fidokorona mehnati, professional yondashuvi va unutilmas hissasi uchun chuqur tashakkur izhor etamiz. Sizlar ushbu xalqaro turnirlarning ajralmas qismi bo‘ldingiz!

Uzbekistan

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 04/08/2026

🇬🇧
🏓 The Officiating Team of the WTT Feeder Series Tashkent 2026

🇸🇦
🏓 طاقم حكام بطولة WTT Feeder Series Tashkent 2026

🇮🇳
🏓 WTT Feeder Series Tashkent 2026 की रेफरी एवं अंपायर टीम

🇺🇿
🏓 WTT Feeder Series Tashkent 2026 musobaqasi hakamlar jamoasi!

https://t.me/uzstoltennis

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 04/08/2026

🏓 ITTF–ATTU Asia Hopes Week & Challenge Almaty 2026 o‘z yakuniga yetdi

🇰🇿 Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan ITTF–ATTU Asia Hopes Week & Challenge Almaty 2026 musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Nufuzli turnirda Osiyoning 15 ta davlatidan iqtidorli yosh stol tennischilar o‘zaro kuch sinashdi.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 🇲🇾 Malayziya
🥈 2-o‘rin — 🇲🇾 Malayziya
🥉 3-o‘rin — 🇮🇳 Hindiston

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:
🔹 Xo‘rozova E’zoza — 8-o‘rin
🔹 Masharipova Munisa — 9-o‘rin

🏆 O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — 🇹🇭 Tailand
🥈 2-o‘rin — 🇮🇳 Hindiston
🥉 3-o‘rin — 🇶🇦 Qatar

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:
🔹 Shiriyev Amir — 5-o‘rin
🔹 Orifxonov Anvar — 15-o‘rin

💪 Sportchilarimiz musobaqa davomida munosib ishtirok etishdi. Afsuski, hal qiluvchi uchrashuvlarda ayrim bahslarda atigi bir ochkolik farq evaziga g‘alaba qo‘ldan boy berildi. Shunga qaramay, yosh stol tennischilarimiz qimmatli xalqaro tajriba orttirib, kelgusi musobaqalar uchun muhim saboqlar oldilar.

🇺🇿 Yosh sportchilarimizni musobaqadagi ishtiroki bilan tabriklaymiz va kelgusi xalqaro turnirlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 01/08/2026

🏓 O‘zbekiston yosh stol tennischilari Osiyoning nufuzli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda

🇺🇿 O‘zbekiston stol tennisi terma jamoasining 2 nafar murabbiyi hamda 4 nafar yosh sportchisi Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan ITTF–ATTU Asia Hopes Week & Challenge Almaty 2026 o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va saralash musobaqasida ishtirok etmoqda.

🌏 Mazkur nufuzli tadbirda quyidagi davlatlar vakillari ishtirok etmoqda:

🇮🇳 Hindiston
🇮🇶 Iroq
🇶🇦 Qatar
🇰🇿 Qozog‘iston
🇰🇬 Qirg‘iziston
🇱🇧 Livan
🇲🇻 Maldiv orollari
🇲🇾 Malayziya
🇴🇲 Ummon
🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklari
🇸🇬 Singapur
🇹🇭 Tailand
🇹🇲 Turkmaniston
🇺🇿 O‘zbekiston
🇱🇰 Shri-Lanka

🏓 Mashg‘ulotlarga 2012-yilgi London Olimpiadasi jamoaviy bahslar kumush medali sovrindori, ko‘p karra jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori Joo Se Hyuk (Janubiy Koreya) hamda Hindiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Mamata M. Prabhu rahbarlik qilmoqda.

🏆 O‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng 2–3-avgust kunlari saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida 6 ta yo‘llanma (3 ta o‘g‘il bolalar va 3 ta qizlar uchun) ITTF World Hopes Week & Challenge Sheffield 2026 musobaqasiga qo‘lga kiritiladi.

💪 O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasi terma jamoamiz murabbiylari va yosh sportchilariga mazkur nufuzli musobaqada omad va zafarlar tilaydi!

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 30/07/2026

O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasi WTT Youth Contender Tashkent II hamda WTT Feeder Series Tashkent 2026 xalqaro musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda o‘zining fidokorona mehnati, mas’uliyati hamda tashabbuskorligi bilan yaqindan hissa qo‘shgan barcha volontyorlar jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiradi.

Sizlarning mehnatingiz, jonkuyarligingiz va professionalligingiz tufayli musobaqalar muvaffaqiyatli va yuqori tashkiliy saviyada o’tkazildi.

Barchangizga kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va yangi yutuqlar tilaymiz!

O‘zbekiston Stol Tennisi Federatsiyasi

https://t.me/uzstoltennis

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 29/07/2026

🏓 WTT Feeder Series Tashkent 2026

🥇 Ayollar juftligi bahslarida g‘oliblar aniqlandi!

🇹🇼 Xitoy Taypeylik sportchilar Chen Szu-Yu / Wu Ying Syuan final uchrashuvida 🏳️ Vlada Voronina / Valeria Shcherbatykh juftligini 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar tantanali taqdirlash marosimida munosib taqdirlandilar.

Photos from O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi's post 29/07/2026

🏓 WTT Feeder Series Tashkent 2026

🥇 Ayollar yakkalik bahslarida chempion aniqlandi!

🇯🇵 Yuna OJIO final uchrashuvida 🇹🇼 YEH Yi-Tianni 3:1 hisobida mag‘lub etib, WTT Feeder Series Tashkent 2026 musobaqasi chempioniga aylandi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar tantanali taqdirlash marosimida munosib taqdirlandilar.

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Website

Address

Shota Rustaveli. 158A
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00