Uzbekistan Karate WKF

Call Website Contact the business

Uzbekistan Karate WKF Oʻzbekiston Karate WKF 🥋 assotsiatsiyasi

“Do’stlik” ordeni muborak!O’zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov davlatimiz rahbarining tegishli fa...
29/09/2026

“Do’stlik” ordeni muborak!

O’zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq “Do’stlik” o’rdeni bilan taqdirlandi.

Assotsiatsiyamiz jamoasi va karate oilasi nomidan Rashid Azatovichni samimiy tabriklaymiz! Rashid Talipov yurtimizda sport, xususan, karate wkf rivojiga ulkan xissa qo’shib kelmoqda. Kelgusi faoliyati ham yuksak e’tiroflarga boy bo’lsin!

Qulog’imizga chalindi…Xabaringiz bor Samarqandda o’tgan 46-Butunjahon shahmat olimpiyadasida O’zbekiston terma jamoasi c...
28/09/2026

Qulog’imizga chalindi…

Xabaringiz bor Samarqandda o’tgan 46-Butunjahon shahmat olimpiyadasida O’zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo’lga kiritdi.

Ma’lumotlarga ko’ra ertaga qahramonlarimizni oliy darajada taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Quvonarlisi ushbu marosimda O’zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov ham ishtirok etib, Prezidentimizdan “Do’stlik” ordenini qabul qilib olishi kutilmoqda.

20-Osiyo o’yinlari. Live!Karatechilarimiz Yaponiya mezbonlik qilgan 20-Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini 2 ta medal bilan ...
23/09/2026

20-Osiyo o’yinlari. Live!

Karatechilarimiz Yaponiya mezbonlik qilgan 20-Osiyo o’yinlaridagi ishtirokini 2 ta medal bilan yakunladi. Dastlab 18 yoshli sportchimiz Humoyunmirzo Halimov vitse chempion sifatida delagatsiyamizning ilk medaliga ega chiqdi. Keyingi kun Abdul Vahhob Rashidov O’zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalini taqdim etdi.

Shu tariqa Sulaymon Yusupov boshchiligidagi jamoamiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medallarini jamg’arishga muyassar bo’ldilar.

Barcha sportchilarimizni ushbu tarixiy g’alabalar bilan tabriklaymiz!

Final tafti va g’alaba zavqi…Abdul Vahhob Rashidovning 20-Osiyo o’yinlaridagi final jangi, g’alaba zavqi va taqdirlash m...
21/09/2026

Final tafti va g’alaba zavqi…

Abdul Vahhob Rashidovning 20-Osiyo o’yinlaridagi final jangi, g’alaba zavqi va taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

20-Osiyo o’yinlari. Live!Abdul Vahhob Rashidovning finaldagi raqibi Yaponiyalik karatechi bo’ladi. Bahs Toshkent vaqti b...
21/09/2026

20-Osiyo o’yinlari. Live!

Abdul Vahhob Rashidovning finaldagi raqibi Yaponiyalik karatechi bo’ladi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 14:15 da bo’lib o’tadi.

Omad Abdul Vahhob!

Aichi-Nagoya-2026: Abdul Vakhkhob finaldaRashidov Abdul Vakhkhob (-67 kg) yarim final jangida  Iordaniyalik raqibi Abdel...
21/09/2026

Aichi-Nagoya-2026: Abdul Vakhkhob finalda

Rashidov Abdul Vakhkhob (-67 kg) yarim final jangida Iordaniyalik raqibi Abdel Rahman 8:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasini qo’lga kiritdi.

Aichi-Nagoya-2026: Bizda birinchi medal! Humoyunmirzo Halimov Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdiOʻzbekis...
20/09/2026

Aichi-Nagoya-2026: Bizda birinchi medal! Humoyunmirzo Halimov Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlaridagi dastlabki medalga ega chiqdi. Unga karate boʻyicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov mualliflik qildi.

Finalgacha yetib borgan yurtdoshimiz hal qiluvchi bosqichda qozogʻistonlik Joloman Bigabilga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barchani musobaqadagi birinchi medal bilan qutlaydi.
—
Аичи-Нагоя-2026: У нас первая медаль! Хумоюнмирзо Халимов завоевал серебро Азиатских игр

Делегация Узбекистана завоевала первую медаль на летних Азиатских играх Аичи-Нагоя-2026. Её обладателем стал представитель сборной по каратэ Хумоюнмирзо Халимов, выступавший в весовой категории -55 кг.

Наш соотечественник дошёл до финала, где уступил казахстанцу Жоламану Бигабилю и стал серебряным призёром Игр.

Национальный Олимпийский комитет Узбекистана поздравляет всех с первой медалью на соревнованиях!



👉

olympic.uz I YouTube  I  Instagram  I

📸 Yarim Finaldagi bahslardan foto lavhalar
20/09/2026

📸 Yarim Finaldagi bahslardan foto lavhalar

Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo finaldaHalimov Humoyunmirzo (-55 kg) yarim finalda nepallik Manandhar Rakeshni 7:0 hisob...
20/09/2026

Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo finalda

Halimov Humoyunmirzo (-55 kg) yarim finalda nepallik Manandhar Rakeshni 7:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasini qo’lga kiritdi.

Uning raqibi Qozog’istonlik Bigabil Zolaman.

Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo yarim finaldaKaratechimiz Humoyunmirzo Halimov (-55 kg) chorak finalda malayziyalik Teve...
20/09/2026

Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo yarim finalda

Karatechimiz Humoyunmirzo Halimov (-55 kg) chorak finalda malayziyalik Tevendron Sundramni magʻlubiyatga uchratdi va yarim finalga yoʻl oldi.

Address

Toshkent
Toshkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzbekistan Karate WKF posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Uzbekistan Karate WKF:

Shortcuts

Share