11/03/2026
Yakkabogʻ tumani 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Happy English” toʻgaragi
Mavzu: Moda verbs. Have to and Must
2026-yil 11 mart oyida Yakkabogʻ tumani 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili bo‘yicha “Happy English” nomli toʻgarak tashkil etildi. Ushbu mashgʻulotda asosiy e’tibor “Moda verbs”, ya’ni have to va must modal fe’llarini o‘rganishga qaratildi.
Mashgʻulot davomida o‘quvchilar:
Have to va must fe’llarining ishlatilish qoidalari bilan tanishdilar.
Vaziyatlarga qarab have to yoki must ni to‘g‘ri ishlatishni mashq qilishdi.
Dialoglar va rol o‘yinlari orqali kundalik hayotdagi vaziyatlarda ushbu fe’llarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Grammatika mashqlarini bajarish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
Ushbu toʻgarak orqali oʻquvchilar tilga bo‘lgan ishonchlarini oshirish, nutqiy va yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ingliz tilini amaliy qo‘llashga rag‘batlantirishga erishildi.
Toʻgarak rahbari:Setora Xasanovna
03/03/2026
Yakkabogʻ tumani MMTB tasarrufidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yosh kitobsevarlar” toʻgaragi navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek bolalar adabiyotining sevimli yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning mashhur “Sariq devni minib” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar asarning mazmuni, bosh qahramon Hoshimjonning sarguzashtlari, uning xatolari va ulardan chiqargan saboqlari haqida fikr almashdilar. Asarda aks etgan halollik, mehnatsevarlik va to‘g‘rilik kabi fazilatlar muhokama qilinib, yosh kitobxonlar o‘z taassurotlarini erkin bayon etdilar.
Davra suhbatini maktab kutubxonasi mudirasi X. Boyqulova olib bordi. U yozuvchining ijodi va bolalar adabiyotidagi o‘rni haqida qiziqarli maʼlumotlar berib, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirdi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi va kitob o‘qishning ahamiyati yana bir bor taʼkidlandi.
23/02/2026
Yakkabogʻ tumani MMTB tasarrufidagi da yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Qadirdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi davom etmoqda.
Mazkur aksiya doirasida ushbu maktabning sobiq o‘quvchisi Berdimuradova Barchin o‘zi tahsil olgan maskanga bo‘lgan hurmat va ehtiromi ramzi sifatida maktab kutubxonasiga 10 dona kitob sovg‘a qildi. Sovg‘a qilingan kitoblar o‘quvchilarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maktab jamoasi tomonidan bunday ezgu tashabbuslar yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlanib, Berdimuradova Barchinga samimiy minnatdorchilik bildirildi. Shu bilan birga, barcha bitiruvchilar ushbu xayrli aksiyada faol ishtirok etishga chorlandi.
Kutubxona mudirasi: Xadicha Boyqulova.
22/02/2026
Yakkabogʻ tumani Yakkabogʻ tumani MMTB tasarrufidagi 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yosh kitobsevarlar” nomli to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
To‘garak davomida o‘quvchilar o‘rtasida “Jimjitlik” asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat jarayonida asarning mazmuni, asosiy g‘oyasi, unda ilgari surilgan insoniy fazilatlar hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. O‘quvchilar asar qahramonlari xatti-harakatlarini tahlil qilib, o‘z munosabatlarini bildirdilar hamda asardan chiqadigan hayotiy saboqlar yuzasidan xulosalar chiqardilar.
Mashg‘ulot o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. To‘garak rahbari X. Boyqulova boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
21.02.2026
16/02/2026
Yakkabogʻ tumani Yakkabogʻ tumani MMTBga qarashli 85-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yosh kitobsevarlar” to‘garagi doirasida navbatdagi qiziqarli va mazmunli mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida 1-“A” sinf o‘quvchilariga ularning yoshiga mos, rangli rasmlar bilan boyitilgan, qisqa va tushunarli matnlardan iborat kitoblar taqdim etildi. O‘quvchilar kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, ertak va hikoyalar mazmuni bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitobni to‘g‘ri tutish, ehtiyot qilish, mutolaa qilish odobi hamda kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
To‘garak jarayonida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, nutq boyligini kengaytirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur to‘garak mashg‘ulotiga maktab kutubxonasi mudirasi X. Boyqulova rahbarlik qilib, o‘quvchilarga kitob tanlash va mutolaa qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
15/02/2026
Yakkabogʻ tumani MMTB tasarrufidagi 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yosh kitobsevarlar” nomli toʻgarak mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mazkur toʻgarak oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularning mustaqil fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Mashgʻulot davomida oʻquvchilar oʻzlari mutolaa qilgan asarlari yuzasidan fikr almashdilar, sevimli qahramonlari haqida soʻzlab berdilar hamda kitobning inson hayotidagi oʻrni haqida suhbat oʻtkazildi. Shuningdek, faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.
Toʻgarak rahbari Xadicha Boyqulova tomonidan oʻquvchilarga kitob tanlash, mazmunini tahlil qilish va mutolaa madaniyatiga oid tavsiyalar berildi. Toʻgarak yuqori saviyada va qiziqarli ruhda tashkil etildi.
11/02/2026
Qashqadaryo viloyati Yakkaboģ tuman MMTBga qarashli 85-umumiy o'rta ta'lim maktabida Sòz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning 585 yilligi munosabati bilan ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda 8-A va 8-B sinf òquvchilari faol ishtirok etishdi. Til va adabiyot o'qituvchilari Dilobar Abduraxmatova, Iroda Bobodòstova . Kutubxona mudirasi. Xadicha Boyqulova.