10/09/2026
Makro va mikro — bu ikki xil dunyo.
Ko‘pchilik davlat darajasidagi yangilikni o‘qib, darrov o‘ziga oladi: „Germaniya qonunni o‘zgartiribdi, endi men ham tugadim“ yoki „endi hammasi oson bo‘ladi“.
Yo‘q. Davlat miqyosida nimadur o‘zgarsa, sizning shaxsiy sharoitingiz ham avtomatik o‘zgarishi kerak degani emas.
Makroiqtisod — bu umumiy rasm: qonunlar, islohotlar, statistika, siyosat.
Mikroiqtisod — bu sizning holatingiz: hujjatlaringiz, til darajangiz, tajribangiz, oilaviy vaziyatingiz, qaysi shaharda, qaysi ish beruvchi bilan ishlayotganingiz.
Germaniyadagi loyihalar va islohotlar ham xuddi shunday. Qonun o‘zgardi — bu sizga tegishli degani emas. Har bir qonun shaxsiy sharoitingiz va holatingizdan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi. Bir odamga eshik ochiladi, boshqasiga hech narsa o‘zgarmaydi — ikkalasi ham bir xil yangilikni o‘qigan bo‘lsa ham.
Shuning uchun sarlavhaga emas, o‘z holatingizga qarang. Yangilikni o‘qing, lekin xulosani o‘zingizga moslab chiqaring. Yoki chiqara oladigan odamdan so‘rang.
Makro — rasm. Mikro — sizning hayotingiz. Qaror mikroda qabul qilinadi.