Сурхондарё вилояти Дзюдо федерацияси

Сурхондарё вилояти Дзюдо федерацияси

Share

Сурхондарё вилояти Дзюдо федерацияси

10/04/2026

🎁Sharofiddin Lutfullayevni tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o‘zbek sportida katta obro‘ga ega bo‘lgan Sharofiddin Lutfullayev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sharofiddin polvonlar yurti - Surxondaryo viloyatining Angor tumanida dunyoga kelgan. U avvaliga kurash, keyin esa dzyudo bilan shug‘ullana boshlagan. Bugungi qahramonimizning sportni tanlashiga mehribon onajonisi sabab bo‘lgan. Murabbiyi - Bekzod To‘raboyev. Sharofiddinning erishgan yutuqlari va bugungi darajasiga chiqishida aynan Bekzod akaning xissasi katta.

2019 yilning sentabrida Sharofiddin dzyudo vatani Yaponiyada o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Lutfullayev aynan o‘sha musobaqadan so‘ng Olimpiada reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan edi. Sharofiddinning yutuqlaridan yana biri 2013 yilda Abu-Dabi Gran-prisiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda yosh dzyudochimiz London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rossiya terma jamoasiga 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk oltin medalni taqdim etgan Arsen Galstyanni mag‘lub eta olgandi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar, hakamlar va do‘stlari nomidan bugungi k***a o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxondaryoda murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgan "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Sharofiddin Lutfullayevni shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. Olimpidadagi orzusi ro‘yobini murabbiy sifatida tayyorlaydigan shogirdlarida ko‘rish baxti nasib etsin.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Termiz?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Website

Address


Термиз шахар
Termiz