Bo'lgan voqea emish. Zlatan voyaga yetgach, uyini tark etishdan oldin otasiga shunday debdi: "Endi uyning kattasi sensan."
*mutoyiba
Penalti
Eng soʻnggi futbol yangiliklari, transferlar va boshqa maʼlumotlar.
Otdan tushsa ham egardan tushmas Zlatan yana oʻz uslubida!
«Man. Yunayted» va Ibragimovich oʻzaro kelishgan holda oʻrtadagi shartnomani bekor qildi va shved afsonasi Kaliforniya shtati, Los Anjeles shahrining «Los Anjeles Geleksi» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Yulduzli damlarida shov-shuvli bayonotlari bilan ham omma e’tiborini oʻziga jalb qilib kelgan, endilikda 36 yoshni qarshilab qoʻygan futbolchi bu safar ham «hunar koʻrsatdi». Gap shundaki, taqdimot video roligida u: «Los Anjeles, Zlatanga xush kelibsan!» deya butun boshli Los Anjeles shahrini Zlatanga tashrif buyurgani uchun (hazilomuz) qutlagan.
Zlatan yangi, LA Geleksi jamoasida Eshli Koul va meksikalik aka-uka Dos Santoslar bilan birga toʻp suradi.
2 yil muqaddam terma jamoa bilan xayrlashgan «Ibrakadabra» shu yil yozda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga otlangan Shvetsiya terma jamoasiga qayta qoʻshilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Braziliyadagi 2014-yilgi mundialga Shvetsiya chiqa olmagach, «Mening ishtirokimsiz oʻtadigan Jahon chempionati – koʻrishga arzimaydi» deya oʻz uslubida manmanlik qilgan edi Zlatan.
Eslatib oʻtamiz, kelayotgan Jahon kubogida Shvetsiya «F» guruhida Germaniya, Meksika va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
(Video: lagalaxy.com)
17/12/2015
Joze Mourinyo «Chelsi» bosh murabbiyligidan ozod etildi.
Londonning «Chelsi» klubi murabbiyi Joze Mourinyo o'z vazifasidan ozod etildi, deya xabar beradi Britaniyaning «BBC» media kompaniyasi.
Ushbu mavsumda «Chelsi» Angliya premyer-ligasida 16 ta o'yindan so'ng 15 ochko bilan turnir jadvalining naqd 16-pog'onasidan o'rin olgan.
Etiborli tomoni, o'tgan mavsumda klub milliy chempionat g'olibi bo'lgan edi. Mazkur natija uchun o'shanda jamoa mutasaddilari Mourinyoni 4 yillik yangi shartnoma bilan siylagandi.
Klubning rasmiy veb-saytida yangi murabbiy borasida bir to'xtamga kelinmaguncha bu mavzu haqida hech nima deyilmasligi aytilgan.
28/08/2015
Messi Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Chempionlar Ligasiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng Messiga sovrin topshirildi. 28 yoshli hujumchi mavsumdagi ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi.
Messi bu sovrin uchun kurashda jamoadoshi Luis Suares, hamda, portugaliyalik Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Argentinalik fenomen yakuniga yetgan mavsumda «Barselona» bilan birgalikda Chempionlar Ligasi, Ispaniya kubogi va La Liga g‘olibi bo‘lgan edi.
«Biz uchun ajoyib mavsum bo‘ldi. Bu yerda yashiradigan sirning o‘zi yo‘q, kiyinish xonasida hammamiz yakdil bo‘lardik va shu sababli u mavsum muvaffaqiyatlarga to‘la unutilmas yil bo‘ldi.
«Jamoadoshlarim tufayli men shu yerda turibman, aks holda men bu sovrinni qo‘lga kiritmas edim.» - dedi Messi jurnalistlarga bergan intervyusida.
2014-15 yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida Messi «Real Madrid» yulduzi Ronaldu va «Barselona»dagi jamoadoshi Neymar bilan birgalikda 10tadan gol urishdi.
Messi ilk bor «Uefaning Yevropadagi eng yaxshi futbolchisi» sovrinini 2011- yilda qo‘lga kiritgan edi.
(Foto: Getty Images)
28/08/2015
2015-2016 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi, 1-tur o‘yinlar jadvali
15.09 [23:45] Benfika – Astana
15.09 [23:45] Volfsburg – SSKA
15.09 [23:45] Galatasaray – Atletiko
15.09 [23:45] Manchester Siti – Yuventus
15.09 [23:45] PSV – Manchester Yunayted
15.09 [23:45] PSJ – Malmyo
15.09 [23:45] Real Madrid – Shaxtyor Donetsk
15.09 [23:45] Sevilya – Borussiya M.
16.09 [23:45] Bayer – BATE
16.09 [23:45] Valensiya – Zenit
16.09 [23:45] Gent – Lion
16.09 [23:45] Dinamo Zagreb – Arsenal
16.09 [23:45] Dinamo Kiyev – Portu
16.09 [23:45] Olimpiyakos – Bavariya
16.09 [23:45] Roma – Barselona
16.09 [23:45] Chelsi – Makkabi Tel-Aviv
Guruh bosqichidagi barcha turlar o‘yinlar jadvali PDF formatda:http://www.uefa.com/MultimediaFiles/Download/competitions/Draws/02/27/53/96/2275396_DOWNLOAD.pdf
27/08/2015
Fernandes: Zidan «Real»ning navbatdagi murabbiyi bo‘ladi
Luis Fernandesning fikricha, Rafael Benitesdan so‘ng uning vatandoshi «Santiago Bernabeu»da murabbiylik lavozimiga tayinlanadi.
«Menga qolsa Karlo Anchelottining jamoada qolgani ma’qul edi. 1 mavsum avval «Madrid» Chempionlar Ligasining 10-kubogini qo‘lga kiritdi. Ular buyuk «Barselona» va buyuk Lionel Messiga qarshi kurashgan edilar.
«Men Karloning jamoadan ketganidan afsusdaman. Uning jamoada qolishini xohlar edim.
Benitesning uslubi Anchelottinikidan farq qiladi. Vaziyat barchasini Zizu uchun hozirlab bermoqda va men o‘ylashimcha, u «Real Madrid»ning navbatdagi murabbiyi bo‘ladi.»
(Foto: Getty Images)
24/08/2015
Van Gaal: «Manchester Yunayted»ga hujumchi kerak emas
Shanba kuni mankunyanliklar «Nyukasl Yunayted»ga qarshi o‘yinda gol urishning uddasidan chiqa olishmadi va 0:0 hisobidagi durranga imzo chekishga majbur bo‘ldilar. Biroq, gollandiyalik murabbiyning ta’kidlashicha, uning jamoasi boshqa qo‘shimcha o‘yinchilar muhtoj emas.
«Sky Sports» nashri murabbiydan uning jamoasi transfer oynasida yana mablag‘ sarflaydimi segan savolga «Yo‘q, chunki biz uch marotaba eng zo‘r jamoa bo‘lganmiz,» deb javob berdi.
«Men qayg‘urayotgan narsa shuki, biz o‘yinlarda raqiblarimizdan ustun o‘ynashimiz kerak. Biz bugun bu ishni qildi. Huddi shu ishni «Aston Villa», «Tottenhem» va «Bryugge»ga qarshi o‘yinda ham amalga oshirdik.
«Men o1in natijasidan emas, jamoam o‘yinidan qoniqmoqdaman. Bularning farqi bor.
«O‘yinda golli vaziyatlarni ko‘p yaratib o‘zimizga katta baho berib yubordik va shu tufali omadsizlikka uchradik»
«Ueyn Runi gol urdi, ammo hisobga olinmadi,» deya qo‘shimcha qildi Van Gaal.
«Hisoblanmagan gol shubhali, shubhali vaziyatlarda esa qoidalar shu tarzda ishlaydi.
«Biroq bu futbol va oldin ham bir necha bor ta’kidlaganimdek, bu kabi vaziyatlarda hakamlar va laynsmenlarning ishini osonlashtirish uchun ko‘proq qurilmalar kerak bo‘ladi.»
(Foto: Getty Images)
23/08/2015
Vitaliy Denisov jamoasi safarda «Ufa» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi 86 daqiqa maydonda harakat qildi va Logashovga almashtirildi. Ta’kidlash joyiz, raqib jamoa zaxirasida O‘zbekiston terma jamoasiga boshqa nomzod Vagiz Galiulin ham bor edi, biroq murabbiy uni maydonga tushirishni lozim topmadi.
«Ufa» – «Lokomotiv Moskva» 0:3
Gollar: Nyasse (6) , Kasayev (35) , Peychinovich (80).
Chetltaish: Igbun (58)
«Ufa» (4-2-3-1): Yurchenko, Suxov, Tumasyan, Osipov, Katsalapov (Puriye 48), Zaseyev, Paurevich (Fomin 64), Stotskiy, Marsinyo, Igbun, Xandjich (Zinchenko 47).
«Lokomotiv Moskva» (4-2-3-1): Gilyerme, Denisov (Logashov 86), Peychinovich, Chorluka, Shishkin, Ndinga, Tarasov (Miranchuk 81), Kasayev, Kolomeytsev, Samedov, Nyasse (Maykon 73).
23/08/2015
Pedro uchun «Barselona»da matbuot anjumani o‘tkaziladi
Ispaniyalik vinger o‘tgan haftada klubni tark etib «Chelsi»ga yo‘l oldi, lekin «Barselona» klubining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan dushanba kuni «Kamp Nou»da jurnalistlar uchun yig‘in tashkil qilinadi.
Avvallari, Pedro Pep Gvardiola, Tito Vilyanova va Xerardo Martino qo‘l ostida asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lib kelgan. Biroq jamoaga Lusi Enrikening tashrifi va Luis Suarezning ko‘k-anorranglilar tarkibiga kelib qo‘shilishi ortidan Pedro asosiy tarkibdan muntazam ravishda tushib qoldi.
Messi, Neymar, Suarez uchligi o‘tgan mavsum hujum chizig‘ida so‘zsiz birinchi tanlovga aylandi. Va mazkur mavsumda ham ular hujum asosini tashkli etadi. Natijada Pedro jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.
Hujumchi «Stemford Bridj»ga uyushtiradigan uzoq sarguzasht safari oldidan dushanba kuni muxlislar bilan xayrlashish marosimi o‘tkaziladi va futbolchi jurnalistlarning savollariga javob beradi.
Klub rasmiy veb-saytida shunday deyilgan:
«Pedro Rodriges 24-avgust, dushanba kuni soat 18:00 da (Toshkent vaqti) matbuot anjumanida ishtirok etadi.
«Manzil: «Ciutat Esportiva Joan Gamper»
«Pedro «Chelsi»ga o‘tishidan avval «Barselona»ning asosiy tarkibida 321ta o‘yin o‘tkazib, 99ta gol urgan»
(Foto: Getty Images)
23/08/2015
Slaven Bilich: Xatolar «Vest Xem»ga qimmatga tushdi
Bolg‘achilar ustozi premyer-liga debyutantlaridan qabul qilib olingan 4:3 hisobidagi mag‘lubiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
««Bornmut»ni tabriklayman. Ular yaxshi o‘ynashdi va g‘alabaga haqli edilar,» dedi Slaven Bilich.
«Har bir gol uchun o‘z raqibinga minnatdorchilik bildirishing kerak va men uchinchi golga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, garchi biz o‘sha vaziyatda ikkita xato qildik.
«Lekigin, birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi gollar shunchaki oyoqlarimiz ostida edi, to‘p bizniki edi. Bu gollar burchak to‘pidan so‘ng, yoki ortiqcha harakatlardan so‘ng urilmadi.
«Agar sen o‘z darvozang oldida bu kabi individual xatolar qiladigan bo‘lsang, mag‘lubiyatdan boshqa natijadan umid qilib bo‘lmaydi. Qachonki raqibing sendan ko‘proq xato qilsagina boshqa natijadan umid qilsa bo‘ladi.
«Ammo biz bu kabi xatolarsiz kuchli bo‘la olmaymiz. Uchrashuv boshidagi jamoaviy o‘yinda oqsashimiz tufayli chiqazgan yagona xulosamiz shu.
«Ular ilk daqiqalardanoq eng asosiy vazifalarni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajarishdi. Ular bizni ta’qib qilishdi, bizni bosim ostiga olishdi va ular ikkinchi to‘plarga uchun bizdan ko‘ra chaqqonroq harakat qilishdi.»
(Foto: Getty Images)
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Ufa