FC OKMK Academy

Directions

FC OKMK Academy Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from FC OKMK Academy, Professional Sports Team, Almalyk.

⚡️ OKMK FA U-12 jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda vitse-chempionga aylandi!OKMK futbol akademiyasining 2014-yilda tug‘i...
14/08/2026

⚡️ OKMK FA U-12 jamoasi Xitoydagi xalqaro turnirda vitse-chempionga aylandi!

OKMK futbol akademiyasining 2014-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilari Xitoyning Jinan shahrida o‘tkazilgan «Buloqlar shahri g‘oliblari» xalqaro turnirida munosib ishtirok etib, kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa davomida jamoamiz Xitoyning turli futbol akademiyalariga qarashli 7 ta jamoaga qarshi bahs olib bordi. Vakillarimiz turnirdagi 7 ta uchrashuvning 5 tasida g‘alaba qozonib, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, OKMK FA U-12 jamoasi turnirning vitse-chempioni unvoniga sazovor boʻldi.

Bu natija yosh futbolchilarimizning mahorati, mehnati va musobaqa davomida namoyon etgan irodasining munosib ifodasidir. Shunday ekan, yoshlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilab qolamiz!

🏆 «Markaziy Osiyo do‘stlik kubogi»: OKMK FA U-13 jamoasi — xalqaro turnir g‘olibi!Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida...
09/08/2026

🏆 «Markaziy Osiyo do‘stlik kubogi»: OKMK FA U-13 jamoasi — xalqaro turnir g‘olibi!

Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida 2013-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli «Markaziy Osiyo do‘stlik kubogi» xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning hal qiluvchi, 5-tur uchrashuvida OKMK futbol akademiyasining U-13 tarbiyalanuvchilari«Neftchi» (Kochkor-Ota) jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv davomida to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan yosh futbolchilarimiz raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol kiritib, bahsni 7:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunladilar.

Uchrashuvda jamoamiz safida Hasanboy Shavkatjonov 2 ta, Nikita Useinov, Shohruh Eshboltayev, Farrux Qayumov hamda Lochin Mirzamodonov esa bittadan gol muallifiga aylanishdi.

Turnir davomida birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan vakillarimiz barcha uchrashuvlar yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni egallab, xalqaro turnirning oltin medallari va bosh kubogini qo‘lga kiritishdi.

🗓 OKMK FA U-14 jamoasining natijalari:

🔹 1-tur
🇰🇬«Alay FA» 2️⃣ : 2️⃣ OKMK FA🇺🇿 🟰

🔹 2-tur
🇰🇬«AFiM» 1️⃣ : 3️⃣ OKMK FA🇺🇿 ✅

🔹 3-tur
🇺🇿OKMK FA 3️⃣ : 2️⃣ «Barsa FA»🇰🇬 ✅

🔹 5-tur
🇰🇬«Neftchi» 0⃣ : 7⃣ OKMK FA🇺🇿 ✅

📊 Musobaqaning yakuniy oʻrinlar joylashuvi:

🥇 1-oʻrin: 🇺🇿 OKMK FA — Chempion! 🏆
🥈 2-oʻrin: 🇰🇬 «AFiM»
🥉 3-oʻrin: 🇰🇬 «Alay FA»
4️⃣ 4-oʻrin: 🇰🇬 «Barsa FA»
5️⃣ 5-oʻrin: 🇰🇬 «Neftchi»

Bundan tashqari, musobaqa yakunida OKMK FA U-13 jamoasi vakillari bir qator individual nominatsiyalarda ham e’tirof etildi:

🏅 Eng yaxshi murabbiy — Nikita Kolos

⭐️ Eng yaxshi o‘yinchi — Nikita Useinov

⚽️ Eng yaxshi bombardir — Hasanboy Shavkatov

Fursatdan foydalanib, Murod Saidg‘aniyev hamda Nikita Kolos boshchiligidagi OKMK FA U-13 jamoasini ushbu muhim va tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Yosh futbolchilarimizga kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

⚡️ ​OKMK FA hamda «AFiM» futbol akademiyasi rahbariyati tajriba almashishdi​Bugun OKMK futbol klubi akademiyasining bola...
06/08/2026

⚡️ ​OKMK FA hamda «AFiM» futbol akademiyasi rahbariyati tajriba almashishdi

​Bugun OKMK futbol klubi akademiyasining bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov xalqaro hamkorlik hamda tajriba almashish dasturi doirasida Qirgʻiziston Respublikasining Osh shahriga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida «AFiM» akademiyasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazilib, ikki tomonlama sport aloqalarini mustahkamlash va murabbiylik metodikasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

​Tashrif davomida Denis Xomutov tomonidan «AFiM» akademiyasi murabbiylari hamda mutaxassislari uchun maxsus taqdimot va seminar-trening oʻtkazildi. Unda OKMK akademiyasida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy mashgʻulotlar tizimi, haftalik rejalashtirish metodikasi, umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda taktik mashgʻulotlar boʻyicha toʻplangan boy tajriba namoyish etildi.

Eslatib oʻtamiz, ​ushbu amaliy hamkorlik doirasida avvalroq OKMK FAning U-16, U-15 va U-14 jamoalari Qirgʻiz Respublikasida oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo doʻstlik kubogi»da muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi. Hozirgi k***a esa akademiyamizning U-13 jamoasi ham oʻz yosh toifasida ushbu nufuzli turnirda munosib qatnashmoqda.

⚡️ OKMK futbol akademiyasi geografiyasi kengaymoqda: Qoʻqonda yangi filial ochildi!Mamlakatimizda soʻnggi yillarda bolal...
04/08/2026

⚡️ OKMK futbol akademiyasi geografiyasi kengaymoqda: Qoʻqonda yangi filial ochildi!

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ommaviy sportni yanada ommalashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar davomida OKMK futbol akademiyasi faoliyati nafaqat Olmaliq shahrida, balki respublikamizning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.

Mazkur saʼy-harakatlarning amaliy davomi sifatida oʻzbek futbolining tarixiy markazlaridan biri hisoblangan Qoʻqon shahridagi «Toʻlaboy» MFY hududida joylashgan «Toʻlaboy Arena» sport majmuasida OKMK futbol akademiyasining yangi filiali tantanali ravishda ochildi. Shuningdek, OKMK professional futbol klubi hamda «Toʻlaboy» MFY oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ochilish marosimida OKMK professional futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzayev hamda «Toʻlaboy» MFY kengashi raisi Laziz Joʻrayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarda zamonaviy futbol infratuzilmasini yaratish va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, ushbu hamkorlik kelgusida oʻzining munosib natijalarini berishiga ishonch bildirdilar.

Shubhasiz, ushbu hamkorlik hududlarda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda kelajakda milliy futbolimiz uchun munosib zaxira tayyorlash yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ladi. OKMK futbol akademiyasi esa bu boradagi hududiy loyihalarini izchil davom ettirib, yurtimizning turli hududlarida yangi iste'dodlarni kashf etishga xizmat qiladi.

📞 OKMK futbol akademiyasining Qoʻqon filialiga qabul va roʻyxatdan oʻtish masalalari boʻyicha quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin:

☎️ +998 (77) 793-99-98

🏆 OKMK FA U-14 jamoasi — «Markaziy Osiyo doʻstlik kubogi» gʻolibi!Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan «Ma...
04/08/2026

🏆 OKMK FA U-14 jamoasi — «Markaziy Osiyo doʻstlik kubogi» gʻolibi!

Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo doʻstlik kubogi» xalqaro turnirining hal qiluvchi 3-tur uchrashuvida OKMK FA U-14 jamoasi «Barsa FA»ga qarshi maydonga tushib, 7:2 hisobida yirik va ishonchli gʻalabaga erishdi.

Murosasiz kechgan bahsda vakillarimiz safida Jahongir Salohiddinov hamda Odilbek Qulahmadov raqib darvozasini ikki martadan ishgʻol etib, dubl muallifiga aylanishdi. Shuningdek, Elyor Abdusattorov, Abduvoxob Nuridinov va Madiyorxon Obbosxonov bittadan gol urib, jamoaning yirik gʻalabasiga munosib hissa qoʻshishdi.

Eslatib oʻtamiz, OKMK FA U-14 jamoasi turnirning 1-turida «AFiM»ni 3:0, 2-turida esa «Alay FA»ni 4:0 hisobida magʻlub etgan edi. Shu tariqa, yosh futbolchilarimiz musobaqadagi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, maksimal 9 ochko jamgʻardi. Turnir davomida raqiblar darvozasiga 14 ta gol urilib, oʻz darvozasidan atigi 2 ta toʻp oʻtkazib yuborildi. Natijada OKMK FA U-14 jamoasi yuz foizlik natija bilan xalqaro turnirning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

🗓 OKMK FA U-14 jamoasining natijalari:

🔹 1-tur
«AFiM» 0️⃣ : 3️⃣ OKMK FA ✅

🔹 2-tur
OKMK FA 4️⃣ : 0️⃣ «Alay FA» ✅

🔹 3-tur
«Barsa FA» 2️⃣ : 7️⃣ OKMK FA ✅

📊 Turnirning yakuniy jadvali:

🥇 1-oʻrin: OKMK FA
🥈 2-oʻrin: «AFiM»
🥉 3-oʻrin: «Barsa akademiyasi»
🏅 4-oʻrin: «Alay akademiyasi»

Musobaqa yakunlariga koʻra jamoamiz futbolchilari individual sovrinlarga ham sazovor boʻlishdi. Xususan, Kamron Zokirov turnirning «Eng yaxshi oʻyinchi» nominatsiyasida gʻolib deb topilgan boʻlsa, Elyor Abdusattorov urgan gollari evaziga «Eng yaxshi toʻpurar» unvoniga loyiq koʻrildi.

Fursatdan foydalanib, Ruslan Gamadeyev va Behruz Jumayev boshchiligidagi OKMK FA U-14 jamoasini xalqaro turnirdagi yorqin gʻalaba bilan chin dildan tabriklaymiz hamda yosh futbolchilarimizga kelgusidagi musobaqalarda ham yangi zafarlar, ulkan yutuqlar va doimo omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

🏆 OKMK FA U-15 jamoasi xalqaro turnirni kumush medallar bilan yakunladiQirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida 2011-yilda...
31/07/2026

🏆 OKMK FA U-15 jamoasi xalqaro turnirni kumush medallar bilan yakunladi

Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida 2011-yilda tugʻilgan futbolchilar oʻrtasida oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo Doʻstlik Kubogi» xalqaro musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqa davomida OKMK futbol akademiyasining U-15 jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 4 ta uchrashuvda 3 ta gʻalaba va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan holda turnirni kumush medallar bilan yakunladi.

Jamoamiz musobaqa davomida «Olay Akademiyasi»ni 3:0, «AFIM»ni 2:0 hamda «Neftchi-B»ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. Soʻnggi turda esa «Fargʻona» jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, yakuniy jadvalda ikkinchi oʻrinni egalladi.

📊 Jamoamizning turnirdagi natijalari:

🔹 1-tur
«Olay Akademiyasi» 0️⃣ : 3️⃣ OKMK FA ✅
🔹 2-tur
«AFIM» 0️⃣ : 2️⃣ OKMK FA ✅
🔹 3-tur
OKMK FA 3️⃣ : 1️⃣ «Neftchi-B» ✅
🔹 4-tur
Dam olish kuni 🏖
🔹 5-tur
«Fargʻona» 2️⃣ : 0️⃣ OKMK FA ❌

🏆 Musobaqaning yakuniy oʻrinlar joylashuvi:

🥇 1-oʻrin: «Neftchi» (Fargʻona)
🥈 2-oʻrin: OKMK FA (Olmaliq)
🥉 3-oʻrin: «Olay Akademiyasi» (Oʻsh)
🏅 4-oʻrin: «AFIM» (Oʻsh)

Musobaqa yakunlariga koʻra, OKMK FA futbolchilari individual nominatsiyalarda ham munosib eʼtirof etildi. Jamoamiz darvozaboni Ayubxon Abdurahmonov turnirning eng yaxshi darvozaboni, hujumchimiz Kamronbek Valixonov esa eng yaxshi hujumchi deb topildi.

Maʼlumot uchun: Yaqindagina 2010-yilda tugʻilgan (U-16) jamoamiz ham Qirgʻiz Respublikasida boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda kumush medallarini qoʻlga kiritgan edi.

      ⚡️ OKMK futbol akademiyasi chempionlari taqdirlandi🔰 Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan oy akademiyalar o‘rtasidagi O‘zbeki...
28/07/2026




⚡️ OKMK futbol akademiyasi chempionlari taqdirlandi

🔰 Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan oy akademiyalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida Ruslan Gamadeyev va Behruz Jumayev boshchiligidagi OKMK FA U-14 hamda Mihael Baydashev va Otabek Sherg‘oziyev murabbiyligidagi OKMK FA U-16 jamoalari o‘z yosh toifalarida O‘zbekiston chempioni bo‘lgandi.

🏟 Kecha, 27-iyul kuni ushbu yutuq munosabati bilan yosh futbolchilarimiz Superliganing 14-turi doirasidagi OKMK FK — «Mash’al» (2:1) uchrashuvi tanaffusida «OKMK sport majmuasi» stadionida munosib e'tirof etildilar.

🤝 Esdalik sovg‘alarini OKMK professional futbol klubi prezidenti Abdullo Xursanov, klub bosh direktori Bahodir Mirzayev, akademiyaning bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov, texnik direktor Sherzod Rayimdjanov hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov topshirdilar.

🎁 Sovg‘alar OKMK AJ Xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan taqdim etildi.

🏆 OKMK FA U-16 jamoasi «Markaziy Osiyo Doʻstlik Kubogi»ning kumush medali sovrindori! 🥈Qirgʻiziston Respublikasining Oʻs...
25/07/2026

🏆 OKMK FA U-16 jamoasi «Markaziy Osiyo Doʻstlik Kubogi»ning kumush medali sovrindori! 🥈

Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida boʻlib oʻtgan «Markaziy Osiyo Doʻstlik Kubogi» xalqaro turniri oʻz yakuniga yetdi. Yosh jihatdan oʻzidan katta va tajribali raqiblarga qarshi bahs olib borgan OKMK futbol akademiyasining U-16 jamoasi musobaqani faxrli 2-oʻrin bilan yakunlab, turnirning kumush medallariga sazovor boʻldi.

Musobaqaning ilk turida vakillarimiz mezbonlarning «AFIM U-16» jamoasiga qarshi maydonga tushib, mazmunli va ishonchli oʻyin namoyish etishdi hamda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Ikkinchi turda futbolchilarimiz turnir gʻolibi boʻlgan «Olay Akademiyasi U-19» jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Oʻzidan uch yosh katta raqibga qarshi kechgan qizgʻin uchrashuvda jamoamiz 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Soʻnggi turda esa «AFIM U-19» jamoasiga qarshi uchrashuv haqiqiy dramatik ruhda oʻtdi. Har ikki jamoa murosaga rozi boʻlmay, keskin va shiddatli futbol namoyish etdi. Yak***a qayd etilgan 2:2 hisobidagi jangovar durang jamoamizga musobaqani kumush medallar bilan yakunlash imkonini berdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, OKMK FA U-16 jamoasi «Eng yaxshi jamoa» nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, jamoamiz hujumchisi Davronxo‘ja Qodirxo‘jayev musobaqa davomida urgan 5 ta goli bilan turnirning eng yaxshi to‘purari (bombardiri) deb topildi.

🏆 «Markaziy Osiyo Do‘stlik Kubogi»

🗓 OKMK FA U-16 jamoasining natijalari:

🔹 1-tur
«AFIM U-16» (Oʻsh) 🆚 OKMK FA U-16 1️⃣ : 3️⃣ ✅

🔹 2-tur
OKMK FA U-16 🆚 «Olay Akademiyasi U-19» (Oʻsh) 0️⃣ : 2️⃣ ❌

🔹 3-tur
«AFIM U-19» (Oʻsh) 🆚 OKMK FA U-16 2️⃣ : 2️⃣ 🟰

📊 Turnirning yakuniy jadvali:

🥇 1-oʻrin: «Olay Akademiyasi» U-19
🥈 2-oʻrin: OKMK FA U-16
🥉 3-oʻrin: «AFIM» U-16
🏅 4-oʻrin: «AFIM» U-19

       'bat⚡️ OKMK futbol akademiyasining yoshlari e'tirof etildi🔰 Yodingizda bo‘lsa, noyabr oyi boshida 2011-yilda tug‘...
30/11/2025



'bat

⚡️ OKMK futbol akademiyasining yoshlari e'tirof etildi

🔰 Yodingizda bo‘lsa, noyabr oyi boshida 2011-yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan «Barca Academy Cup» xalqaro turnirida Davron Dushabayev va Abror Kudiyarov boshchiligidagi OKMK futbol akademiyasi U-14 jamoasi ishtirok etib, chempionlikka erishgandi. Shuningdek, yana bir jamoamiz poytaxtda, Toshkent shahar futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Begzod Tadjibayev va Murod Saidg‘aniyev qo‘l ostidagi OKMK FA U-12 tarbiyalanuvchilarimiz o‘z yosh toifalarida tengsiz deb topilgandi.

🏟 Bugun, 30-noyabr oqshomida esa mazkur yutuqlar munosabati bilan yosh futbolchilarimiz «OKMK sport majmuasi» stadionida O‘zbekiston Superligasining 30-tur doirasidagi OKMK FK — «Mash’al» (2:0) uchrashuvi tanafusida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🤝 Taqdirlash marosimida sovg‘alarni OKMK professional futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzayev, OKMK futbol akademiyasining bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov, shuningdek, klub futbolchilari Akrom Komilov va Ajak Riak shaxsan o‘zlari topshirdilar.

🎁 Esdalik sovg‘alari OKMK AJ Xodimlari Kasaba Uyushmasi Kengashi tomonidan taqdim etildi. Ushbu rag‘bat yosh futbolchilarni kelgusida yanada yuqori natijalar ko‘rsatishga undaydigan muhim omil bo‘lib, ularning professional rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📲 Telegram
📲 Instagram

   OKMK FA U-14 jamosi 🇰🇬Qirg’iz Respublikasida bo’lib o’tgan xalqaro turnirning chempioniga aylandiYoshlar futbolini ri...
13/11/2025



OKMK FA U-14 jamosi 🇰🇬Qirg’iz Respublikasida bo’lib o’tgan xalqaro turnirning chempioniga aylandi

Yoshlar futbolini rivojlantirish, iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, 7–9 noyabr kunlari qo‘shni Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida «Barca Academy Cup» xalqaro turniri tashkil etildi. Unda mintaqaning eng kuchli futbol akademiyalari o‘zaro kuch sinashishdi. Turnir davomida yuqori darajadagi raqobat, mahorat va jamoaviy o‘yinlar namoyon bo‘ldi.

Shu o‘rinda faxr bilan ta’kidlash joizki, nafaqat Olmaliq, balki butun O‘zbekiston shon-shuhrati yo‘lida harakat qilgan OKMK futbol akademiyasining U-14 jamoasi mazkur nufuzli musobaqada ajoyib o‘yin namoyish etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi va chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi!

Musobaqada 10 jamoa 2 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Vakillarimiz har bir bosqichda o‘z mahoratini namoyish etib, finalda ham ishonchli g‘alaba bilan musobaqani g‘olib sifatida yakunlashdi.

Quyida OKMK FA U-14 jamoasining chempionlik sari yo‘lidagi natijalari qayd etilgan:

🔸 1-tur.
«AFIM» (Osh) — OKMK FA 1️⃣ : 1️⃣ 🟰

🔸 2-tur.
OKMK FA — «Muras United» (Bishkek) 0️⃣ : 0️⃣ 🟰

🔸 3-tur.
«Kelechek» (Batken) — OKMK FA 0️⃣ : 8️⃣ ✅

🔸 4-tur.
OKMK FA — «Metallurg» (Bekobod) 1️⃣ : 0️⃣ ✅

🔹 Yarim final.
«Barca» (Manas) — OKMK FA 0️⃣ : 1️⃣ ✅

🏆 Final.
OKMK FA — «Metallurg» (Bekobod) 2️⃣ : 1️⃣ ✅

Shuningdek, turnir davomida o‘z o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini qozongan vakillarimiz, individual nominatsiyalarda ham eng yaxshilar qatoridan joy oldi:

🌟 Turnirning eng yaxshi futbolchisi — Akrom Qidirboyev

🧤 Turnirning eng yaxshi darvozaboni — Ayubxon Abdurahmonov

Mazkur g‘alaba — rahbariyat tomonidan yoshlar futbolini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan samarali ishlar, murabbiylarning fidokorona mehnati va futbolchilarning intilishlari natijasidir. Ushbu yutuq OKMK futbol akademiyasi jamoasining mehnati, jipsligi va professional yondashuvini yana bir bor tasdiqladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Address

Almalyk

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when FC OKMK Academy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share