Andijan Development Center

Andijan Development Center

Share

As soon as you walk through the doors, you will find cozy and family-like environment with caring teachers and staff members.

Andijan Development Educational Center has been providing affordable, quality-language, computer and other student and applicant preparation courses since 1995. With the biggest English Reading Library and the diversity of courses offered, Andijan Taraqqiyot Center is an open-friendly place where life-long friendships are formed and students feel comfortable to thrive towards their academic develo

Photos from Andijan Development Center's post 02/06/2026

🚀 SAT imtihonlariga tayyormisiz? ADC bilan xorij oliygohlari sari ilk qadamni tashlang!
2026–2027-yilgi mavsum uchun SAT imtihonlari sanalari maʼlum boʻldi. Quyidagi muddatlarni oʻtkazib yubormang va rasmiy test markazimizda imtihon topshiring:
🗓 22-avgust 2026 (Deadline: 7-avgust)
🗓 12-sentabr 2026 (Deadline: 28-avgust)
🗓 3-oktabr 2026 (Deadline: 18-sentabr)
🗓 7-noyabr 2026 (Deadline: 23-oktabr)
🗓 5-dekabr 2026 (Deadline: 20-noyabr)
🗓 6-mart 2027 (Deadline: 19-fevral)
🗓 1-may 2027 (Deadline: 16-aprel)
🗓 5-iyun 2027 (Deadline: 21-may)
⚠️ Muhim: Barcha muddatlar ET vaqti bilan 23:59 gacha amal qiladi. College Board’dan noutbuk soʻrash muddati — imtihondan 30 kun oldin. Kechikkanlar uchun qoʻshimcha toʻlovli roʻyxatdan oʻtish mavjud. Joylar tez toʻlib qolishi mumkin!

🔗College Board sayti orqali roʻyxatdan oʻtish

📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Aloqa uchun: +998742261078 / +998956603770
📱 Telegram:

Photos from Andijan Development Center's post 30/05/2026

🔥 KO‘Z OLDIMIZDA YANGI TARIX YARATILMOQDA: ADC’dan TO‘G‘RI HARVARDGA!

Do‘stlar, quvonchimizning cheki yo‘q, hayajonimizni yashira olmayapmiz! Bizning super o‘quvchilarimiz — O‘tkirbek Rivojiddinov va Sherzodbek Omonov HARVARD UNIVERSITY MAGISTRATURASINI tugatishdi! 🎓🇺🇸

Ha, adashmadingiz! O‘sha dunyoga mashhur, millionlab insonlarning ushalmas orzusi bo‘lgan Harvard! Endi bu orzu bizning yigitlar uchun haqiqatga aylandi!

Andijan Development Center (ADC) nafaqat bilim beradi, balki dunyo eshiklarini ochadi deganimizda mutlaqo haq edik. O‘tkirbek va Sherzodbek — aniq maqsad, temir intizom va to‘g‘ri tayyorgarlik har qanday imkonsiz narsani imkonliga aylantira olishiga yaqqol misoldir. «Buning iloji yo‘q» yoki «u yerga faqat tanlab olinganlar kiradi» degan gaplar endi o‘tmishda qoldi. Haqiqiy tanlanganlar — o‘z orzusi yo‘lida tinmay mehnat qilganlardir!

📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Aloqa: +998742261078 / +998956603770

29/05/2026

💥 DIQQAT, O‘ZBEKISTON! BUNDAYSI HALI BO‘LMAGAN! 💥

Nemis tilini o‘rganyapsanmi? O‘z bilimingni isbotlash va super mukofotlarni qo‘lga kiritish vaqti keldi! 🇩🇪✨

🚀 Nemis tili bo‘yicha Bosh Olimpiada start oldi!
Ushbu olimpiadada XOHLAGAN INSON ishtirok eta oladi — Toshkent, Samarqand, Buxoro yoki Nukusda bo‘lishingizning ahamiyati yo‘q. Butun O‘zbekiston bo‘ylab ro‘yxatdan o‘tish mumkin!
Sizni nimalar kutyapti?

🎁 Qimmatbaho sovg‘alar — eng kuchli ishtirokchilar uchun maxsus sovg’alar.
📜 Rasmiy sertifikatlar — Germaniyaning dunyoga mashhur g.a.s.t. rasmiy test markazi tomonidan taqdim etiladi! Bu sizning portfoliongiz va kelajakdagi karyerangiz uchun ulkan imkoniyat.

⏳ RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI! Vaqtni boy bermang, o‘z bilamingizni butun mamlakatga ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanib qoling.
🔗 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: 👉 (Telegram)
Nemis tilini biladigan do‘stlaringizga ham ulashing. Hammaga omad! 🔥

📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Aloqa: +998742261078 / +998956603770

27/05/2026

🌙 Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz! 🌙

Hurmatli yurtdoshlar!
ADC jamoasi barchangizni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi!

Ushbu muqaddas kun qalblaringizga osoyishtalik, oilalaringizga fayzu baraka, hayotingizga esa farovonlik va baxt olib kelsin!
Qurbon hayitining ezgu g‘oyalari – mehr, saxovat va bag‘rikenglik barchamizning qalbimizni yanada yaqinlashtirsin.
Yurtimizda tinchlik, xonadonlaringizda totuvlik, rizq-ro‘zlaringizda mo‘l-ko‘llik bo‘lsin!

🕊 Bayram muborak bo‘lsin! Iyd muborak!

☎️742261078
Telegram: 📺

26/05/2026

📅 Andijan Development School’da SAT imtihonlari jadvali!
Xorijiy universitetlarga hujjat topshirishni rejalashtiryapsizmi? ADC rasmiy test markazi 2026–2027-yillar uchun eng muhim imtihon sanalari va roʻyxatdan oʻtish muddatlarini eʼlon qiladi!

2026–2027-yilgi mavsum:
22-avgust 2026 (Oxirgi muddat: 7-avgust)
12-sentabr 2026 (Oxirgi muddat: 28-avgust)
3-oktabr 2026 (Oxirgi muddat: 18-sentabr)
7-noyabr 2026 (Oxirgi muddat: 23-oktabr)
5-dekabr 2026 (Oxirgi muddat: 20-noyabr)
6-mart 2027 (Oxirgi muddat: 19-fevral)
1-may 2027 (Oxirgi muddat: 16-aprel)
5-iyun 2027 (Oxirgi muddat: 21-may)

⚠️ Muhim eslatmalar:
Barcha muddatlar AQSh vaqti bilan (ET) 23:59 da tugaydi.
College Board’dan noutbuk soʻrab buyurtma bermoqchi boʻlsangiz, imtihondan kamida 30 kun oldin roʻyxatdan oʻtishingiz shart.
Kechikkanlar uchun qoʻshimcha toʻlov evaziga roʻyxatdan oʻtish (Late registration) imkoniyati mavjud.
Joylar soni cheklangan, roʻyxatdan oʻtishga shoshiling!

🔗College Board sayti orqali roʻyxatdan oʻtish

📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Aloqa: +998742261078 / +998956603770

Photos from Andijan Development Center's post 19/05/2026

🎙 Debate Competition at Andijan Development Center! 🚀

Markazimizning Dialogue Branch filialida Pre-Intermediate va Intermediate darajasidagi talabalarimiz ishtirokida ajoyib va qizg‘in debat musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Tadbir shunchaki bahs emas, balki qiziqarli g‘oyalar, faol muhokamalar va o‘ziga bo‘lgan ishonch namoyishiga aylandi. Nomzodlarimiz ingliz tilida erkin so‘zlashish, tanqidiy fikrlash (critical thinking) va jamoada ishlash ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi.

🔥 Tadbir qanday o‘tdi?

-Kuchli tayyorgarlik: Har ikki jamoa ham o‘z fikrlarini ingliz tilida dalillar bilan asoslab, yuqori ishtiyoq ko‘rsatishdi.
-Do‘stona muhit: Energetikaga boy va ayni paytda samimiy muhitda har bir ishtirokchi o‘z nuqtai nazarini erkin bayon etdi.
-Katta tajriba: Bu kabi loyihalar talabalarimizning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini bir necha barobar oshiradi.
Biz barcha ishtirokchilarimiz bilan faxrlanamiz! Ularning mehnati va sahnadagi jasorati tahsinga loyiq. 👏👏
Ushbu ajoyib debatni tashkil etishda hissa qo‘shgan barcha ustozlarimizga va Dialogue Branch jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! 🎉

🎯 Siz ham ingliz tilida erkin va ishonchli gapirishni xohlaysizmi? Biz bilan darslar faqat nazariya emas, doimiy amaliyotdan iborat!

📞 Telefon: 742261078
📲 Telegram:

Teamwork

Photos from Andijan Development Center's post 19/05/2026

🎉 CEFR Results — B2 to C1! 🎉

ADC jamoasi navbatdagi muvaffaqiyatli natijalarni mamnuniyat bilan e’lon qiladi! Biz uchun har bir yutuq — nomzodlarimizning tinimsiz mehnati va markazimizda yaratilgan oliy darajadagi sharoitlarning samarasidir.

💡 C1 — bu tilni erkin va professional darajada bilish, B2 esa xalqaro ta’lim hamda karyera uchun mustahkam poydevordir. Barcha nomzodlarimizni ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz va ularning kelgusi maqsadlariga yetishishlarida zafarlar tilaymiz! 🚀

📞 Telefon: 742261078
📲 Telegram:
📍 Manzil: Andijon shahri, Mashrab ko‘chasi, 19A

09/05/2026

9-may — Xotira va qadrlash kuni! 🇺🇿

Bugun biz nafaqat o‘tmish qahramonlarini yodga olamiz, balki oramizda bo‘lgan faxriylarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Ularning mardligi va sabr-bardoshi tufayli bugun biz tinch osmon ostida yashayapmiz.
Xotira — abadiy, qadr esa muqaddasdir. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin, hayot bo‘lgan faxriylarimizga esa mustahkam sog‘lik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!



📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Murojaat uchun: +998742261078 | +998956603770
📲 Telegram:

06/05/2026

Haqiqiy yetakchi va zamonamiz qahramoni e’tirof etildi! 🌟
Quvonarli xabarni baham ko‘rmoqchimiz: Nufuzli WeProject nashri Andijonning bugungi qiyofasini va ijtimoiy muhitini o‘zgartirayotgan eng kuchli tadbirkorlar haqidagi maqolasida markazimiz asoschisi va direktori Gennadiy Vladimirovich Morozovni alohida qayd etdi.

Bu e’tirof bejiz emas. Direktoringizning tinimsiz mehnati va uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati tufayli bugun Andijan Development Center:

Maqolada ta’kidlanganidek, Gennadiy Vladimirovich Morozovn Bobur yurtining boy an’analarini saqlab qolgan holda, hududning intellektual kelajagini qurayotgan shaxslardan biridir. Biz o‘z ishi orqali nafaqat Andijonni, balki butun O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan bunday rahbar boshchiligida ishlayotganimizdan faxrlanamiz!

To‘g‘ri yo‘nalishda ekanligimizni yana bir bor tasdiqlagan ushbu maqola butun jamoamiz uchun yangi marralar sari ilhom beradi.

📖 To‘liq maqolani o‘qing: https://weproject.media/articles/detail/andizhan-rodina-babura-i-novykh-predprinimateley-6-imen-kotorye-stoit-znat/?fbclid=IwdGRzaARn_nFjbGNrBGf9jmV4dG4DYWVtAjExAHNydGMGYXBwX2lkDDM1MDY4NTUzMTcyOAABHmhAMo4CdG0YiJxMHdFW_13F9p_A8x_qF-FErkHkp8DP35J7HNP_aQLcbVcy_aem_4TINpPCwRa8Qeq-uwrn_qw

’lim Tadbirkorlik Andijon WeProject Muvaffaqiyat

📍 Manzil: Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, 19A.
📞 Murojaat uchun: +998742261078 | +998956603770
📲 Telegram:

05/05/2026

🎬 Movie Night qaytmoqda! Kelajagingizni biz bilan birga tomosha qiling!
🤝 ADC o‘quv markazi barcha kino ixlosmandlari va ingliz tili ixlosmandlarini sog‘intirgan loyihamizning qaytishiga taklif qiladi!

Bu shunchaki kino ko‘rish emas — bu do‘stlar davrasida ingliz tili muhitiga sho‘ng‘ish, yangi iboralarni o‘rganish va unutilmas xotiralar yaratish imkoniyatidir. May oyida bo‘lsak-da, biz siz bilan haqiqiy bayram sehrini his qilamiz! 🍿✨

📍 Joy: Hotel Branch
🗓 Sana: 6-may
⏰ Vaqt: 16:00

Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni taklif qiling, dam olish va bilim olishni birga jamlaymiz! Ushbu sehrli kechani qo‘ldan boy bermang. ❄️🎥

📞 +998742261078
🌐

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Andijan?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Website

Address


A. Khaydarov 10
Andijan
170100

Opening Hours

Monday 09:00 - 19:00
Tuesday 09:00 - 19:00
Wednesday 09:00 - 19:00
Thursday 09:00 - 19:00
Friday 09:00 - 19:00
Saturday 09:00 - 19:00