13/01/2024
Breaking! “Buxoro” jamoasining sobiq futbolchilari klubga qaytmoqda!
Jamoamiz ishqibozlariga yaxshi tanish bo’lgan futbolchilar Anvarjon Jo’rayev hamda Bexruz Shodmonovlar yangi mavsumni “Buxoro” klubida boshlashi kutilyapti. Har ikki futbolchining o’z klublari bilan amaldagi shartnomalari yakunlangan.
✅ Eslatib o’tamiz 2018-yilgi mavsumda ushbu futbolchilar Ulug’bek Baqoyev qo’l ostida katta futbolda debyut qilishgan
👉 Jo’rayev hamda Shodmonovlar “Buxoro”ning yaqinda boshlanadigan yig’iniga qo’shilishi kutilmoqda
31/12/2023
“Buxoro” futbol klubi sizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi!
Yangi yil siz uchun omadli va barakali bo’lishi, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz! Oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik va omad sizni aslo tark etmasin!
Yangi yil muborak! 🎄
08/12/2023
8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutaiyasi qabul qilingan kun! 🇺🇿
“Buxoro” futbol klubi bosh Qomusimizning 31 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Bayram munosabati bilan barchangizga tan-sihatlik, xotirjamlik hamda ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, osmonimiz musaffo bo’lsin!
03/12/2023
2023-yilgi mavsumda kim qancha o’ynadi?
👉Yakuniga yetgan mavsumning Superliga va O’zbekiston kubogi bahslarida jamoamiz tarkibida Aleksandr Stanislavlevich eng ko’p 27 ta o’yin o’tkazdi. Himoyachi Farrux Ibrohimov esa maydonda 2209 daqiqa haraktlanib bu borada yetakchi bo’ldi.
Maydonda eng ko’p daqiqa o’tkazgan futbolchilar beshligi 👇
1 Farrux Ibrohimov - 2209 daqiqa 26 o’yin
2 Aleksandr Stanislavlevich - 1840 daqiqa, 27 o’yin
3. Dilshod Jo’rayev - 1633-daqiqa, 23 o’yin
4.Humoyunmirzo Iminov - 1730 daqiqa, 27 o’yin
5. Vsevolod Nixayev - 1651 daqiqa, 26 o’yin
Jamoamizning bu yilgi maqsadlari aniq. Pro-liga bahslarini muvaffaqiyatli o’tkazib, elitaga qaytish! Bizni uzoq kutib qolmaysiz! Kuchli bo’lib qaytamiz!
BUXORO MATBUOT XIZMATI
01/12/2023
Uchrashuv yakunlandi. Jamoamiz safarda imkoniyatni boy berdi
“ANDIJON” 1:0 “BUXORO”
⚽️ S.Abdunabiyev (10)
01/12/2023
O’YIN KUNI!
Bugun jamoamiz mavsumdagi so’ngi uchrashuvini o’tkazadi.
⚽️ Coca-Cola Superliga
🏁 26-TUR
📆 01.12.23 🕑 15:00
📺 “Foreign Languages” (live)
“ANDIJON” 🆚 “BUXORO”
🏟️ “Bobur” arena
29/11/2023
“Buxoro” jamoasi Coca-Cola Superliganing so’ngi turida Vodiyga safar qiladi. Raqibimiz turnir jadvalining 7-o’rnini egallab turgan “Andijon” jamoasidir. Ushbu bahs 1-dekabr 15:00 da start oladi
⚽️ Coca-Cola Superliga
🏁 26-TUR
📆 01.12.23 🕑 15:00
“ANDIJON” 🆚 “BUXORO”
🏟️ “Bobur” arena
27/11/2023
🥳 TUG’ILGAN KUN MUBORAK ULUG’BEK BAQOYEV!
Bugun “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi, o’zbek futbolining yorqin vakillaridan biri Ulug’bek Baqoyev o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda! Jamoamiz ustozi bugun 45 yoshni qarshi oldi.
Jamoamiz futbolchilari, klub rahbariyati va ishchi xodimlar, qolaversa ko’p sonli muxlislar nomidan Ulug’bek Istamovichni bugungi ayyom bilan muborakbod etamiz! Baqoyevga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!
Tavallud Muborak Ulug’bek Istamovich!
22/11/2023
Uchrashuv yakunlandi.
“BUXORO” 0:1 “OKMK”
⚽️ Sanjar Tursunov (50)
22/11/2023
Jamomiz asosiy tarkibi bilan tanishing
22/11/2023
O’YIN KUNI! Bugun vakillarimiz Superliga-2023 da oxirgi uy uchrashuvini o’tkazadi. Barcha futbol muxlislarni stadionga taklif etamiz!
⚽️ Coca-Cola Superliga
🏁 25-TUR
📆 22.11.23 🕑 18:15
“BUXORO” 🆚 “OKMK”
🏟️ “Buxoro sport majmuasi”
19/11/2023
Navbatdagi raqibimiz- “OKMK” ✅
Xabaringiz bor jamoamiz bu yilgi mavsumning so’ngi uy uchrashuvida “OKMK” klubi bilan bellashadi. O’zaro o’yinlar tarixiga nazar soladigan bo’lsak kichik ustunlik Mirjalol Qosimov shogirdlari tomonida. Ushbu jamoalar shu kunga qadar umumiy hisobda 25 marotoba to’qnash kelishgan.O’yinlarning 11 tasida “konchilar”ning qo’li baland kelgan bo’lsa, 9 bahsda jamoamiz g’alaba qozongan, qolgan 5 o’yinda tomonlar murosa ko’chasini tanlashgan. To’plar nisbati bo’yicha ustunlik raqiblarimiz foydasida 43:29
Buxoroda bo’lib o’tgan so’ngi 5 ta uchrashuvda quyidagi hisoblar qayd etilgan:
29.08.20 BUXORO 2:2 OKMK
30.11.19 BUXORO 2:1 OKMK
19.04.18 BUXORO 4:2 OKMK
04.03.17 BUXORO 1:0 OKMK
04.03.16 BUXORO 2:0 OKMK
Eslatib o’tamiz bo’lajak o’yin 22-noyabr 18:15 da “Buxoro” sport majmuasida start oladi