Jizzax OPSTT markazi

Call Directions

Jizzax OPSTT markazi Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

“Olimpiya cho’qqilari”da navbatdagi g’alabaJoriy yilning 8-13 iyul kunlari Navoiy viloyatida stol tennisi bo’yicha OPSTT...
15/07/2024

“Olimpiya cho’qqilari”da navbatdagi g’alaba

Joriy yilning 8-13 iyul kunlari Navoiy viloyatida stol tennisi bo’yicha OPSTT markazlari, olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o’quvchilari o’rtasida “Olimpiya cho’qqilari” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Xususan, Bahora Suyunova va Rayhona Jumanova juftlik bahslarida, Ruslan O’rolov, Bunyod Bozorboyev, Sherzod Mavlonov jamoaviy bahslarda 3-o’rinni egalladilar.

“Olimpiya cho’qqilari”da navbatdagi g’alabaJoriy yilning 21-28 iyun kunlari Buxoroda boks bo’yicha OPSTT markazlari, Oli...
29/06/2024

“Olimpiya cho’qqilari”da navbatdagi g’alaba

Joriy yilning 21-28 iyun kunlari Buxoroda boks bo’yicha OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o'quvchilari o'rtasida “Olimpiya cho’qqilari” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada ishtirok etgan Jizzax OPSTT markazi o’quvchilari ham muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Xususan, Arslon Abdusattorov 1-o’rinni olgan bo’lsa, Behruzbek Ortiqboyev, Jamoliddin Aliqulov, Bobirbek Qo’ziboyev, Diyorbek O’rolov 3-o’rin bilan taqdirlandi.

Vakillarimiz xalqaro musobaqa g’olibi bo’lishdiAvval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-27 iyun kunlari Qozog’iston R...
28/06/2024

Vakillarimiz xalqaro musobaqa g’olibi bo’lishdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-27 iyun kunlari Qozog’iston Respublikasining Olmota shahrida gandbol bo’yicha yoshlar o’rtasida xalqaro musobaqa bo’lib o’tdi.

Quvonarlisi, markaz treneri Bobur Latipov qo’l ostidagi yoshlar terma jamoamiz unda g’olib bo’lishdi. Aniqrog’i U-20 va U-18.

U-20 tarkibida Nuriddin Nuriyev harakat qilgan bo’lsa, U-18 tarkibida Mirjalol Abdukarimov ishtirok etdi.

Markaz o’quvchilariga davlat namunasidagi diplomlar topshirildiJizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash...
26/06/2024

Markaz o’quvchilariga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi

Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan markazning 5 nafar 2-bosqich o‘quvchilariga 26-iyun kuni belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.
Markaz rahbari Atakulov Xurshid Bahodirjonovich bitiruvchi o‘quvchilarga kelgusi o‘qishlariga, mutaxassislik bo‘yicha ish faoliyatlariga omad tilab, kelajakda o‘z kasbining yaxshi mutaxassisi bo‘lishiga ishonch bildirib o‘tdi.

Markaz vakillari xalqaro musobaqaga jo’nab ketishdiJoriy yilning 21-27 iyun kunlari Qozog’iston Respublikasining Olmota ...
21/06/2024

Markaz vakillari xalqaro musobaqaga jo’nab ketishdi

Joriy yilning 21-27 iyun kunlari Qozog’iston Respublikasining Olmota shahrida gandbol bo’yicha yoshlar o’rtasida xalqaro musobaqa bo’lib o’tadi.

E’tiborlisi, markaz treneri Bobur Latipov qo’l ostidagi yoshlar terma jamoasi tarkibida 2 nafar o’quvchilarimiz ham bor. Bular: Nuriddin No’riyev va Mirjalol Abdukarimov.

Vakillarimizga musobaqada omad tilaymiz.

''Olimpiya cho'qqilari''da markazimiz o‘quvchilari ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishmoqdaShu kunlarda OPSTT markazlari,...
15/06/2024

''Olimpiya cho'qqilari''da markazimiz o‘quvchilari ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishmoqda

Shu kunlarda OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o'quvchilarining bor e’tibori ''Olimpiya cho'qqilari'' Respublika musobaqalariga qaratilgan.

Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida sport kurashlari bo’yicha bellashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Musobaqada, Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o’quvchilaridan navbatdagi natija qo‘lga kiritildi, ya'ni erkin kurash bahslarida 51.kg vazn toifasida Bolibek Ermatov 3-o’rinni egalladi.

''Olimpiya cho'qqilari'' musobaqalari davom etmoqdaShu kunlarda OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yi...
14/06/2024

''Olimpiya cho'qqilari'' musobaqalari davom etmoqda

Shu kunlarda OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o'quvchilarining bor e’tibori ''Olimpiya cho'qqilari'' Respublika musobaqalariga qaratilgan.

Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch shahrida sport kurashlari bo’yicha bellashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Quvonarlisi, Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o’quvchilaridan Samir Komiljonov va Alisher Imomov 3-o’rinni egallashdi.

''Olimpiya cho'qqilari'' musobaqalari davom etmoqdaOPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ix...
14/06/2024

''Olimpiya cho'qqilari'' musobaqalari davom etmoqda

OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o'quvchilari o’rtasidagi ''Olimpiya cho'qqilari'' Respublika musobaqalari davom etmoqda.

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o’tayotgan kurash bahslarida Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o’quvchilari ham ijobiy natijalarga ega chiqishmoqda.

Xususan, Vose Xatamov shogirdlaridan Parizoda Asatullayev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan birinchi o’rinni olgan bo’lsa, Sevara Suvonova uchinchi pog’onadan joy oldi.

Nukus shahrida gandbol bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tmoqdaAyni kunlarda Nukus shahrida gandbol bo’yicha oli...
12/06/2024

Nukus shahrida gandbol bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tmoqda

Ayni kunlarda Nukus shahrida gandbol bo’yicha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o'quvchilari o'rtasida ''Olimpiya cho'qqilari' musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Unda markazimizdan B.Latipov, G’.Hazratqulov, A.Mahammatov boshchiligidagi jamoa ham ishtirok etyapti.

E’tiborlisi, Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi navbatdagi o’yinda Guliston OPSTT markazi jamoasini 28-11 hisobida mag‘lub etishdi.

Endi markazimiz a'zolari mezbon jamoaga qarshi bahs olib borishadilar. O‘yindagi g‘alaba finalga yo‘llanmani taqdim etadi.

Vakillarimizga omad tilab qolamiz.

O'zbekiston chempionatida markaz o'quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqdaO'zbekiston Respublikasi Sport vazirinin...
12/06/2024

O'zbekiston chempionatida markaz o'quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirining tegishli buyrug'iga asosan ayni kunlarda OPSTT markazlari, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda sport mahorat maktablari o'quvchilari o'rtasida bir qancha sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tyapti.

Xususan, Guliston shahrida Taekvando WT bo'yicha 2007-2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi chempionatda markazimiz o'quvchilari munosib ishtirok etgan holda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medallarni qo'lga kiritdilar.

Bundan tashqari, Chirchiq shahrida dzyudo bo'yicha tashkil etilgan mamlakat chempionatida markazimizning 2 nafar o'quvchisi bronza medaliga ega chiqdilar.

Bizni kuzatib boring:
Facebook | Instagram | YouTube | Web-sayt

Address

Jizzakh

Telephone

+998930032189

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jizzax OPSTT markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category