01/10/2026
Jizzaxdagi manzilimiz — BMB Za’faron mehmonxonasi
BMB jamoasi Oliy Liga 2-turi doirasidagi uchrashuvlar oldidan Jizzax shahriga yetib kelib, safar davomida jamoa uchun qulay sharoitlardan birini taqdim etuvchi BMB Za’faron mehmonxonasiga joylashdi.
Musobaqa davomida futzalchilar uchun nafaqat maydondagi tayyorgarlik, balki sifatli dam olish, tiklanish va jamoaviy rejimga rioya qilish ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli safar davomida jamoaning yashashi va dam olishi uchun qulay sharoit yaratish BMBning tur oldi tayyorgarlik jarayonidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
Jizzax shahridagi o‘ziga xos maskanlardan biri bo‘lgan BMB Za’faron mehmonxonasi tur davomida jamoamizning vaqtinchalik qarorgohiga aylandi.
Bu yerda futzalchilar uchrashuvga qadar dam olib, tiklanish jarayonlarini davom ettiradi. Murabbiylar shtabi esa jamoaning kun tartibi va tayyorgarlik rejasini belgilangan tartibda olib boradi.