Uzbekistan Table Tennis Federation

Uzbekistan Table Tennis Federation

Share

Uzbekistan Table Tennis Federation

12/06/2021

O'zbekiston chempionati yakunlandi

Namangan viloyatining Chust shahrida 1999-yil va undan kichik stol tennischilar o'rtasida O'zbekison chempionati yakunlandi. 180 nafar yosh raketka ustalari bahs olib borgan musobaqa shiddatli va murosasiz tarzda bo'lib o'tdi. Bir hafta davom etgan turnirda sportchilar yakkalik, juftlik, miks va jamoaviy bahslarda ishtirok etishdi.

Barcha g'olib va sovrindorlar:

O'smirlar:
1.Nikita Panov
2. Jamshid Rahimberganov
3. Shohrux Iskandarov

Qizlar:
1. Marxabo Magdiyeva
2. Sog'diyona Madaliyeva
3. Kamila Xalikova

Juftlik: (O'smirlar)
1. X. Xojimirzayev, M. Matmusayev
2. M. O'ktambaev, A. Egamberganov
3. B. Ergashaliyev, S. Hakimov
3. D. Muhammadiev, D. Xudoyberdiev

Juftlik: (Qizlar)
1. A. Abduraximova, M Norqulova
2. X. Iminova, S. Omiljonova
3. N. Asanova, S. Azimova
3. M. Matkarimova, M. Beknazarova

Miks(Aralash):
1. M. Nurpulatov, M. Kamolova
2. D. Toremuratov, D. Orazmetova
3. Ya. Mamaminov, Z. Olimxo'jayeva
3. D. Luftullayev, D. Aristanova

Jamoaviy (O'smirlar):
1. Andijon viloyati
2. Surxondaryo viloyati
3. Namangan viloyati
3. Samarqand viloyati

Jamoviy (Qizlar):
1. Farg'ona viloyati
2. Toshkent shahar
3. Namangan viloyati
3. Samarqand viloyati

08/06/2021

O'zbekiston chempionati davom etmoqda

Ayni kunlarda Namangan viloyatining Chust shahrida 1999 va undan kichik stol tennischilari o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda. Respublikaning barcha hududidan kelgan eng sara kichik raketka ustalari o'zaro bahs olib borishmoqda. Shiddatli va murosasiz kechayotgan turnirda guruh bahslari davom etmoqda

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 23/05/2021

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasida barcha yosh toifa vakillari o'rtasida qiziqarli sport musobaqasi tashkil etildi. Turnirda havaskor va professional raketka ustalari o'zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda 40 ga yaqin stol tennisi ustalari o'z omadlarini sinab ko'rishdi.

20/05/2021

Terma jamoa aʼzolariga Tokio-2020 oldidan doping yuzasidan tushunchalar berildi

Joriy yilning iyul – avgust oylarida Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga har bir mamlakat sportchilari jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi aniq. Shu jumladan mamlakatimiz atletlari ham katta ishtiyoq bilan hozirlik ko‘rishmoqda.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari mazkur bo‘lajak litsenzion musobaqalar va Tokio-2020 o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan davra suhbatlarini olib borishmoqda. Mazkur yig‘ilishlarga asosan terma jamoa sportchilari va terma jamoaga nomzod bo‘lgan iqtidorli sportchilar jalb qilinmoqda.

Bugun agentlik xodimlari O‘zbekiston Stol tennisi federatsiyasiga tashrif buyurishdi. U yerda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar ishtirok etishdi. Mutaxassislar sportchilarga doping-sinamalar qanday o‘tkaziladi, jarayon nimalardan iborat ekani haqida tushunchalar berishdi. Suhbat davomida bo‘lajak chempionlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va savollariga yetarlicha javoblar olishdi. Bunday targ‘ibot-tashviqot ishlari barcha sport federatsiya va assotsiatsiyalarda o‘tkazib kelinmoqda.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, barchamizga maʼlumki Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarini stol tennischilarimiz o‘tkazib yuborishadi sababi litsenziya qo‘lga kiritilmadi.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

15/05/2021

Otabek Umarovni tabriklaymiz!

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov o‘z tavallud kunini nishonlamoqda.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va stol tennischilar nomidan Otabek Umarovni bugungi tavallud ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.

Biz o‘zbek sportining rivoji yo‘lida qo‘shayotgan hissangizni yuksak qadrlaymiz va ushbu mashaqqatli yo‘lda hormang deb qolamiz! Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, O‘zbekiston stol tennisi jamoasi

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 10/05/2021

2021 yil 5-9 mart kunlari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida stol tennisi bo‘yicha marhum murabbiy Baxodirov Odiljon Pardaevich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika Turniri bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand,Toshkent,Jizzax,Sirdaryo hamda Navoiy viloyatidan 200 ga yaqin o‘gil-qizlar ishtirok etishdi. Musobaqa shaxsiy va juftlik tarzida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar g'olib va sovrindorlari medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida yakunda:
1-o‘rin. Samarqand viloyati
2-o'rin. Sirdaryo viloyati
3-o‘rin. Jizzax viloyati egalladi

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 12/04/2021

Stol tennischilarimiz Dukendagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini davom ettirishmoqda

Oʻzbekiston stol tennisi terma jamoasi aʼzolari Toshkent viloyatining Duken tumanidagi bazada oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini davom ettirmoqda. Sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga jiddiy tayyorgarlik koʻrish maqsadida har kuni ikki mahal jismoniy va taktik mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda. Oʻquv-yigʻin mashgʻuloti 18-aprelga qadar davom etadi.

07/04/2021

Saida Mahmudova: "100 dan ortiq odam musobaqada ishtirok etdi va biz qisman boʻlsa-da koʻzlagan maqsadimizga erishdik"

Kecha poytaxtimizning ,,Eko Park” sayilgohida 6-aprel ,,Xalqaro stol tennisi kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan ommaviy tadbir tashkil etildi. Musobaqa yakunlari boʻyicha federatsiya raisi Saida Mahmudovani suhbatga chorladik.

- Assalomu alaykum Saida opa. Avvalambor, bugungi bayram muborak. Hissiyotlarga boy ajoyib tadbir uchun siz va barcha tashkilotchilarga rahmat. Ommaviy musobaqa haqidagi fikrlaringizni esh*tsak.

- Vaalaykum assalom. Qutlov uchun rahmat. Sizni ham sovrindorlar safidan joy egallaganingiz bilan tabriklayman. Tadbir haqida gapiradigan boʻlsam, musobaqani tashkillashtirishimizdan maqsad, aholini sportga jalb qilish, ommaviylashtirish edi. Oʻzingiz guvohi boʻlganingizdek 100 dan ortiq odam musobaqada ishtirok etdi va biz qisman boʻlsa-da koʻzlagan maqsadimizga erishdik. Ular orasida jajji bolajonlardan tortib yoshi kattalarning ham astoydil oʻynaganlarini koʻrib sevindim. Mening fikrimcha, nafaqat professionallar, balki oddiy odamlar ham sogʻlom turmush tarzi uchun stol tennisi bilan shugʻullanishi kerak.

-Ayting-chi, federatsiya yana shunday ommaviy tadbirlar tashkillashtira oladimi, yoki aynan ,”Jahon stol tennis kuni”da oʻtkazish rejalashtirilganmi?

-Albatta, yana oʻtkazish rejada bor. Soʻnggi yillarda biz ,”Navroʻz”, ”Mustaqillik kuni” va “Bolalar kuni” bayramlari arafasida tashkillashtirganmiz. Yuqorida aytganimdek, bizning maqsadimiz odamlarni stol tennisi bilan shugʻullanishga jalb etish.

-Bugungi musobaqada shuni kuzatdikki, hamma oʻyinda ochkolarni ishtirokchilarning oʻzlari hisoblab borishdi. Va bu baʼzi ishtirokchilar oʻrtasida tushinmovchilik ham keltirib chiqardi. Keyingi gal mana shunday musobaqada, aytaylik 2022-yil 6-aprel ,,Jahon stol tennis kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan musobaqada oʻyinni hakamlar hisoblab borishi mumkinmi? Buning imkoni bormi?

-Ha, imkoni bor. Har doim tashkillashtirgan musobaqalarimizda oʻyinni hakamlar hisoblab borishadi. Faqat bugun yigʻilganlarning barchasi havaskor sportchilar boʻlgani va musobaqa erkin ruhda oʻtishi, biroz boʻlsa ham ishtirokchilar stol tennis qoidalarini chuqurroq oʻrganishini hisobga oldik xolos.

-Saida opa, samimiy suhbat uchun tashakkur. Federatsiyaning kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz. Koʻrishguncha salomat boʻling.

-Rahmat sizga ham. Omon boʻling.

O'zJOKU talabasi Maftuna Toshmamatova suhbatlashdi.

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 04/04/2021

Yevropa stol tennisi uyushmasi vitse-prezidenti Oʻzbekistonga keldi

Yevropa stol tennisi federatsiya vitse-prezidenti Ina Jozepsone poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida martabali mehmonni Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi rahbariyati kutib oldi. Reja boʻyicha Ina Iozepsone bugun va ertaga Samarqand va Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi va viloyat federatsiya vakillariga stol tennisi boʻyicha seminar tashkil etib beradi. Shuningdek ETTU vitse-prezidenti 6-aprel kuni \Xalqaro stol tennisi kuni munosabati bilan Toshkentda tashkil etiladigan tadbirda ishtirok etadi.

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi matbuot xizmati

31/03/2021

"Olimpiya cho'qqilari" O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi

Navoiy viloyatida 27-30 mart kunlari Respublika olimpiya zaxiralari o'quvchilari o'rtasida stol tennisi bo'yicha "Olimpiya cho'qqilari" O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq kuchli va iqtidorli raketka ustalari raqobatlashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan turnirda sportchilar yakkalik, juftlik, miks(aralash) va jamoaviy bahslarda o'z omadlarini sinashdi.

Musobaqaning g'olib va sovrindorlari:

Yigitlar o'rtasida:
1- o'rin: Rajabov Dilshod
2- o'rin: Matniyazov Amirxan
3- o'rin: Nurullayev Nursaid
3- o'rin: Ergashev Baxodir

Qizlar o'rtasida:
1- o'rin: Tojioxunova Nasiba
2- o'rin: Abdullayeva Moxira
3- o'rin: Adxamova Saida
3- o'rin: Xusnida Mamirjonova

Juftliklar o'rtasida:
1- o'rin: Norjon Giyazova Norjon va Yuldosheva Nigina
2- o'rin: Alikulova Nafosat va Xakimova Laylo
3- o'rin: Olimxodjayeva Zaynab va Sirojiddinova Maftuna
3- o'rin: Muxtorova Dilyora va Isroilova Zarina

Miks(aralash) o'rtasida:
1- o'rin: Tojimaxammadjonov Diyer va Zafarjonova Zulayxo
2- o'rin: Saitkulov Diyor va Tangirova Madina
3- o'rin: Yuldashev Jurabek va Sadullayeva Marjona
3- Nasreddinova Alimardon va Urazaliyeva Dinara

Jamoviy bahslar:

Yigitlar o'rtasida:
1- o'rin: Toshkent shahar
2- o'rin: Xorazm viloyati
3- o'rin: Qoraqolpog'iston Respublikasi
3- o'rin: Andijon viloyati

Qizlar o'rtasida:
1- o'rin: Andijon viloyati
2- o'rin: Xorazm viloyati
3- o'rin: Farg'ona viloyati
3- o'rin: Navoiy viloyati

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 30/03/2021

Timur Shiriyev va Zohid Kenjayevni tabriklaymiz

Bugun Stol tennisi boʻyicha terma jamoasi aʻzoasi Zohid Kenjayev va Andijon viloyatining murabbiyi Timur Shiriyevning tugʻilgan kuni. Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasining barcha xodimlari va muxlislari nomidan ularni tavallud ayomi bilan tabriklaymiz!

Photos from Uzbekistan Table Tennis Federation's post 28/03/2021

Navoiy viloyatida 27-30 mart kunlari Respublika olimpiya zaxiralari o'quvchilari o'rtasida stol tennisi bo'yicha "Olimpiya cho'qqilari" O'zbekiston chrmpionati bo'lib o'tadi. Musobaqada 100 dan ortiq kuchi va iqtiroli raketka ustalari g'oliblik uchun kurashga kirishishdi.

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Website

Address


Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
18:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00