24/03/2026
🎂 HAPPY BIRTHDAY, MR. ROY BAKER! 🥊
Today, we celebrate the birthday of the President of WAKO, Mr. Roy Baker! 🇮🇪✨
On behalf of the Uzbekistan Kickboxing Association and our entire kickboxing community, we wish you a year filled with health, prosperity, and even greater achievements for our sport worldwide! 🇺🇿🤝🌍
Thank you for your tireless leadership and dedication to the global kickboxing family. 🧤🔥
Happy Birthday! 🎉🎉🎉
04/02/2026
Sportchilarimiz “5-chi WAKO India Open” xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketishdi.
Ushbu musobaqa — kuch, tajriba va iroda sinovi. Har bir jangda O‘zbekiston sha’ni himoya qilinadi!
💪 Sportchilarimizga omad, g‘alaba va yorqin natijalar tilaymiz!
🇺🇿 Bayrog‘imiz doimo baland hilpirasin!
24/12/2025
‘ILGAN_KUN!🎉🎉🎉
Bugun 24-dekabr - Navoiy viloyati bo‘limi rahbari Bahodir Nurullayevning tavallud topgan kuni!
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rahbariyati va barcha kikboksingchilar Bahodir Nurillayevni tug‘ilgan kuni bilan qutlaydi!💐💐💐
Sizga sog‘liq, oilaviy baxt va ishlaringizda omad tilaymiz!
19/12/2025
Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida kikboksing sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar hamda kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbirida Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etib, mamlakatimizda kikboksing sport turining izchil rivojlanayotganligi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida mazkur sportga qiziqish tobora ortib borayotganligini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston kubogida respublikaning barcha hududlaridan jami 1344 nafar iqtidorli sportchi ishtirok etmoqda.
Musobaqa bahslari O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasining xalqaro va milliy toifadagi 42 nafar malakali hakamlari tomonidan adolatli va xolisona boshqarilib borilmoqda.
Shunigdek, tadbir davomida joriy yilning 21–30 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan WAKO World Kickboxing Championship – 2025 musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh sportchilar ham munosib taqdirlandi.
Manbaa Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi matbuot xizmati
15/12/2025
Sport vazirligiga Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyalari tashkiloti - WAKO Prezidenti Roy Beyker tashrif buyurdi
Bugun Sport vazirligida Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyalari tashkiloti - WAKO Prezidenti Roy Beyker, vazir o‘ribosari Shaxrillo Maxmudov hamda O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi k***a yurimizda kikboksing sport turi faol tarzda rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ushbu sport bilan shug‘ullanuvchilar soni yigirma ming nafardan ortiqni tashkil etadi.
O‘tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda ham kikboksingchilarimiz vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Uchrashuv davomida mazkur sport turini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar keng muhokama qilindi.
Shuningdek, WAKO Prezidenti Roy Beyker Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida bunyod etilgan Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi. Martabali mehmon bu kabi noyob sport majmualari O‘zbekistonda sportni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Manbaa: Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi matbuot xizmati
14/12/2025
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli sport maktabida bo‘lib, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan ushbu sport maktabida kikboksing sport turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ochiq chempionatga ko‘plab sportsevarlar tashrif buyurishgan.
Bu esa mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganligining yorqin isbotidir. Sport vaziri chempionatda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan muloqot o‘tkazib, ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
Shuningdek, tashrif davomida yoshlarni ommaviy sportga jalb qilgan holda ularni kelgusida professional sportga seleksiya qilish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Manbaa Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi matbuot xizmati
11/12/2025
Bugun O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasida ikki nafar rahbarimizning tavallud ayyomi nishonlanmoqda:
🇺🇿 Surxondaryo viloyati raisi – Erkin Yuldashev
🇺🇿 Xorazm viloyati raisi – Temur Mahmudov
Sizlarni bugungi muborak sana bilan chin dildan tabriklaymiz! 💐
Kikboksing sportini yanada rivojlantirish, yosh avlodga yo‘l ko‘rsatish va chempionlar yetishtirish yo‘lidagi mehnatlaringiz doimo samarali bo‘lsin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Assotsiatsiyamiz siz kabi fidoyi insonlar bilan faxrlanadi.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi