Kurash federatsiyasi

Kurash federatsiyasi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Kurash federatsiyasi, Sports Team, Tashkent.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 11/08/2023

Davlatimiz raxbari joriy yilning 10-11 avgust kunlari Buxorodagi tashrifi davomida Romitan tumani "Qaxramon" MFYda istiqomat qiluvchi axoli turmush tarzi bilan yaqindan tanishish mobaynida, 2023 yilda bo'lib o'tadigan kurash bo'yicha Jaxon chempionatiga yullanma olgan 60 kg vazn toifasida yoshlar o'rtasida kurash bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni, 2022-2023 yil terma jamoa a'zosi Murodil Murodullayev ham yurtboshimiz bilan yaqindan suhbatda bo'ldi va kelajakda davlatimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarishiga ishonch bildirdilar.

31/07/2023

Shavkat Mirziyoyev: Kurashni dunyo boʻylab targʻib qilish boʻyicha uyushma bilan yaqin hamkorlikni izchil davom ettiramiz

Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozongani va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va uning butun dunyo a'zolari nomidan samimiy tabriklar yo‘llandi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon nomiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi faxriy prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan minnatdorchilik maktubi keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktubida ta’kidlanganidek: Kurash sportini xalqaro maydonda ommalashtirish, ayniqsa siz rahbarlik qilayotgan Assotsiatsiyani yuksak saviyada rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlaringiz biz uchun qadrlidir.

Шавкат Мирзиёев: Мы будем последовательно продолжать тесное сотрудничество с Ассоциацией по продвижению Кураша по всему миру

В связи с убедительной победой Шавката Мирзиеева на президентских выборах Республики Узбекистан, состоявшихся 9 июля 2023 года, и его переизбранием на должность Президента Республики Узбекистан от имени Международной Ассоциации Кураш и ее членов по всему миру, были направлены искренние поздравления.
Президент Международной Ассоциации Кураш Хайдер Фарман получил благодарственное письмо от Президента Республики Узбекистан, почетного президента Международной Ассоциации Кураш Шавката Мирзиёева.
Содержание письма Президента Республики Узбекистан: Проводимая Вами работа по продвижению спорта Кураш на международной арене и развитию возглавляемой Вами Ассоциации на высоком уровне, особенно ценна для нас.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 31/07/2023

Maqsad hakamlarga bor bilim va tajribalarimizni yetkazish

Xabar berganimizdek, 27 iyul - 2 avgust kunlari Xalqaro kurash instituti tomonidan O'zbekiston kurash federatsiyasining kurash xakamlari uchun refering-seminari tashkil etildi.

Seminar dasturiga ko'ra, kunning birinchi yarmida bo'lib o'tgan nazariy mashg'ulotlarni IKI professor-o'qituvchilari, xalqaro toifadagi hakamlar Kim Eurjung va Ibrohim Karimovlar olib bordi.

Seminarni Xalqaro kurash instituti rektori Habibulla Tadjiyev ochib berdi. IKI rektorimazkur seminarning ahamiyati va kurash mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirishda tutgan muhim o'rni haqida so'z yuritdi. Institutning eng tajribali ekspertlari janob Kim Eurjung va I.Karimov hakamlik qoidalari, baholash tizimi va tamoyillari, xalqaro musobaqalar tartibi va boshqa muhim mavzular bo'yicha darslarni yangi video-dastur yordamida to'liq tushintirib o'tishdi.

📆30.07.2023

Photos from Kurash federatsiyasi's post 31/07/2023

IKI O'zbekiston kurash federatsiyasi hakamlari uchun seminar tashkil etdi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining majlislar zalida Xalqaro kurash instituti tomonidan o'zbekistonlik kurash hakamlari uchun tashkil etilgan o'quv-seminarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda IKA, IKI va KFU mutasaddilari, hakamlik seminari ekspertlari va ishtirokchilari qatnashdilar.
Ochilish marosimida so'zga chiqqanlar, kurash sport turining bugungi k***agi rivojlantirish bosqichlari, xalqaro arenalardagi nufuzini yanada oshirishda davlatimiz tomonidan berilayotgan yuksak etibor haqida so'z yuritdilar.
2 avgustga qadar poytaxtimizdagi Sag'bon kurash majmuasida o'tkaziladigan hakamlik seminari davomida IKA va IKI mutaxassislari kurashda hakamlik qoidalari, musobaqalarni baholash tizimi va hakamlar masuliyati, roli va vazifalari, shuningdek soxaga oid boshqa mavzular bo'yicha amaliy va nazariy mashg'ulotlarni yangi o'quv metodikasi bo'yicha olib boradilar

Photos from Kurash federatsiyasi's post 26/07/2023

Sizu-bizning sportimiz kurash orzular shahri sanalmish Parijdagi tantanalarini bu yil ham davom ettirdi.

24 iyul kuni dunyoning 20 ga yaqin davlatidantashrif buyurganpolvonlar yana Efel minorasi poyida joylashgan "Emil Entoine" sport markazida jam bo'ldilar.

O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro turnir yana dunyo xalqlarini o'ziga jalb qildi. Ayni turnir haqidagi reklama roliklari "Euronews" orqali berib borildi. Bu orqali mafaqat kurash uni vatani O'zbekiston haqida ma'lumotlar berildi. Bu bilan o'zbek milliy qadriyatidan sportga aylantirilgan kurash va uni vatani O'zbekiston dunyo xalqlariga yaqindan tanishtirildi. Bu galgi turnirda ham o'zbek sanatkorlari o'z chiqishlari bilan joziba bag'sh etdilar. O'zbek kurash va o'zbek sanati hamohangligiyig'ilganlar yodida manguga muhrlandi desak mubolag'a qilmaymiz.

Musobaqa natijalariga ko'ra yurtimiz sharafini himoya etgan polvonimiz Muxsin Hisomiddinov eng yuqori o'rinni zabt etib oltin medalni qo'lga kiritdi. Barchinoy qizimiz Sitora Xusanova esa bronza medali bilan kifoyalandi.

📆25.07.2023 📍Parij

01/07/2023

Tug’ilgan kuningiz muborak bo’lsin janob Karimov!

Bugun O’zbekiston Kurash federatsiyasi Raisining yordamchisi Sardor Karimovning tavallud kuni.
Sardor Karimov uzoq yillardan buyon Kurashni yanada rivojlantirish, xalqaro kurash turnirlarini tashkillastirishda faollik ko’rsatib kelmoqda.
O'zbekiston kurash federatsiyasi va kurash oilasi nomidan janob Sardor Karimovni samimiy tabriklaymiz.
Sizga sihat-salomatlik va uzoq umr tilaymiz.

🕰️01.07.2023 📍Tashkent

Photos from Kurash federatsiyasi's post 12/06/2023

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida yoshlar o'rtasida Sohil kurash musobaqasi davom etmoqda.

🕰️11.06.2023 📍Namangan sh.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 10/06/2023

Sohil kurash bo'yicha yoshlar o`rtasida O`zbekiston chempionati musobaqasining g`olibi va sovrindorlari

Ayollar

36 kg
1.Abdumannopova Shabona Namangan
2.Isaqova Gulchiroy Namangan
3.Qutlimuratova Periyzat QQR
3.Tojiboyeva Muxlisa Namangan

40 kg
1.Xolyorova Shaxzoda Surxondaryo
2.Botirova Nargiza Toshkent vil
3.Mamadjonova Shoxsanam Namangan
3.Xusinova Moxunur Navoiy

44 kg
1.Mirzakarimova Ruxshona Namangan
2.Yoqibjonova Sarvinoz Namangan
3.Jo`ramurodova Dilovar Sirdaryo
3.Hasanova Shahzoda Toshkent vil

🕰️10.06.2023 📍Namangan sh.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 08/06/2023

Sohil kurash bo'yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati musobaqasining g`olibi va sovrindorlari

Ayollar

87 kg
1.Muhammadiyeva Yulduz Surxondaryo
2.Xusenova Sevara Navoiy
3.Xo`rozova Feruza Toshkent sh
3.Turimbetova Kamila QQR

+87 kg
1.Abdujabborova Durdona Toshkent
2.Erkinbayeva Saneayim QQR
3.Baymanova Qunduz QQR
3.Amirxanova Balausa Navoiy

🕰️08.06.2023 📍Namangan sh.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 07/06/2023

Sohil kurash bo'yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati musobaqasining g`olibi va sovrindorlari

Erkaklar

81 kg
1.Ablaqulov Sherbek Qashqadaryo
2.Mengaliyev Xusniddin QQR
3.Jabborov Jaxongir Buxoro
3.Ochilov To`lqin Buxoro

90 kg
1.O`roqov Yashnarbek Surxondaryo
2.Bozorov Umar Toshkent
3.Arashov Shaxzod Buxoro
3.Shonazarov Zoxid Samarqand

🕰️07.06.2023 📍Namangan sh.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 06/06/2023

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida kattalar o'rtasida Sohil kurash musobaqasi davom etmoqda.

🕰️06.06.2023 📍Namangan sh.

Photos from Kurash federatsiyasi's post 02/06/2023

Farg'ona viloyati Vodil shaharchasida "Hamid va Timur polvonlar" xotirasiga bag'ishlangan ochiq turnirining 2 - kuni ham o'z yakuniga yetdi.

Ikkinchi k***a erkaklar 81, 90va +90kg vazn toifalarida, ayollar 70kg vazn toifalarida g'oliblar aniqlandi.

🕰️02.06.2023 📍Vodil sh.

Want your business to be the top-listed Gym/sports Facility in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Tashkent