CyclingUz

Directions Website

CyclingUz O’zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi

Aichi-Nagoya-2026: 🇺🇿 🥉bronza medalini qo’lga kiritgan Sergey Rostovtsev hamda Nikita Svetkovning ishtiroki va sportchil...
02/10/2026

Aichi-Nagoya-2026:

🇺🇿 🥉bronza medalini qo’lga kiritgan Sergey Rostovtsev hamda Nikita Svetkovning ishtiroki va sportchilarimizni taqdirlash marosimidan fotolar🤩

Aichi-Nagoya-2026:

🇺🇿 🥉 Фотографии с участием Сергея Ростовцева и Никиты Цветкова, завоевавших бронзовые медали, а также с церемонии награждения наших спортсменов 🤩

Aichi-Nagoya-2026: 🇺🇿 🥉bronza medalini qo’lga kiritgan Sergey Rostovtsev hamda Nikita Svetkovning ishtiroki va sportchil...
02/10/2026

Aichi-Nagoya-2026:

🇺🇿 🥉bronza medalini qo’lga kiritgan Sergey Rostovtsev hamda Nikita Svetkovning ishtiroki va sportchilarimizni taqdirlash marosimidan fotolar🤩

—

Aichi-Nagoya-2026:

🇺🇿 🥉 Фотографии с участием Сергея Ростовцева и Никиты Цветкова, завоевавших бронзовые медали, а также с церемонии награждения наших спортсменов 🤩

🚴🏻‍♂️🇺🇿 KOMIL XALMATOVNI TABRIKLAYMIZ!O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munos...
01/10/2026

🚴🏻‍♂️🇺🇿 KOMIL XALMATOVNI TABRIKLAYMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonga muvofiq, Respublika velosport maktab-internati direktori Xalmatov Komil Turniyazovich “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak e’tirof Komil Turniyazovichning yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, velosportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlarining munosib e’tirofidir.

O‘zbekiston Velosport federatsiyasi nomidan Komil Turniyazovich Xalmatovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda velosportimiz ravnaqiga xizmat qiladigan yangi yutuqlar tilaymiz!

💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN AZIZ USTOZ VA MURABBIYLAR!Hurmatli sport ustozlari va fidoyi murabbiylar!Sizlarni 1-oktyabr...
01/10/2026

💐BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN AZIZ USTOZ VA MURABBIYLAR!

Hurmatli sport ustozlari va fidoyi murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston velosport federatsiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Yosh avlodni tarbiyalash, ularning qalbida sportga mehr uyg‘otish, iste’dodini yuzaga chiqarish va katta marralar sari yetaklashdek sharafli hamda mas’uliyatli yo‘lda qilayotgan mehnatingiz tahsinga loyiq.

Ayniqsa, velosport rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan murabbiylarimizning xizmatlari beqiyos. Har bir sportchining ilk qadami, dastlabki mashg‘uloti, musobaqadagi g‘alabasi va xalqaro maydondagi yutug‘i ortida ustoz-murabbiylarning sabri, bilim va tajribasi, mashaqqatli mehnati mujassam.
Sizlar nafaqat chempionlarni, balki Vatanga sadoqatli, irodali, intizomli va maqsad sari dadil intiladigan yoshlarni tarbiyalamoqdasiz. Velosportimizning bugungi va ertangi yutuqlarida sizlarning munosib hissangiz bor.

Fursatdan foydalanib, barcha murabbiy va ustozlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi iste’dodlarni kashf etish va tarbiyalash baxtini tilaymiz.

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston velosport federatsiyasi

🚴‍♂️🇺🇸JAHON CHEMPIONATIDAN IKKI OLTIN MEDALAQShning Alabama shtati, Xantsvill shahrida 4–7-sentyabr kunlari para velospo...
05/09/2026

🚴‍♂️🇺🇸JAHON CHEMPIONATIDAN IKKI OLTIN MEDAL

AQShning Alabama shtati, Xantsvill shahrida 4–7-sentyabr kunlari para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Dilmurod Siddiqov hamda Renata Baymetova qo’l ostida harakat qilayotgan irodali velopoygachilarimiz bahslarni ko’tarinki ruhda boshlab olishdi. Musobaqaning ilk kunidayoq 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥇Pokiza Ahmadbekova H1 klassida, 🥇Marjona Pardaboyeva esa T1 klassida jahon chempioni bo‘ldi.

Bu g‘alabalar sportchilarimizning yuksak mahorati, kuchli irodasi va tinimsiz mehnati samarasi, albatta. Shu bilan birga, mamlakatimizda para sport va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

Ikki 🥇🥇oltin medal. 🏆🏆Ikki jahon chempioni. Bir bayroq — 🇺🇿O‘zbekiston!

Pokiza Ahmadbekova va Marjona Pardaboyevani ushbu ulkan g‘alaba bilan muborakbod etamiz. Yangi zafarlar muborak bo‘lsin!

🚴‍♂️🇺🇿 VELOSPORTCHILARIMIZDAN O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA MUNOSIB SOVG‘A! 🇺🇿🎉O‘zbekiston milliy terma jamo...
28/08/2026

🚴‍♂️🇺🇿 VELOSPORTCHILARIMIZDAN O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA MUNOSIB SOVG‘A! 🇺🇿🎉

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 28–30 avgust kunlari Tailandda bo‘lib o‘tayotgan trek velosporti bo‘yicha Osiyo kubogi bahslarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Musobaqaning ilk kunidayoq hamyurtlarimiz o‘zlarining yuksak salohiyatini namoyish etib, O‘zbekiston sporti uchun quvonchli natijalarni taqdim etishdi.
Ayollar o‘rtasidagi “Individual Pursuit” — yakka quvish poygasi dasturida Samira Ismoilova barcha raqibalarini ortda qoldirib, 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi! 

Oradan ko‘p o‘tmay, erkaklar o‘rtasidagi “Scratch” dasturida O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Sergey Rostovtsev ham munosib tarzda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. U 150 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi va 🥇oltin medalni qo‘lga kiritdi! 

🇺🇿 Ikki oltin medal — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib sport sovg‘asi!

Bugungi k***a yurtimizda velosportni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish va xalqaro maydonda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sport, xususan, velosportga qaratilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Tailanddagi Osiyo kubogida qo‘lga kiritilayotgan ushbu g‘alabalar — ana shu e’tibor, mehnat va izchil islohotlarning yorqin natijasidir.

👏 Samira Ismoilova va Sergey Rostovtsevni tarixiy g‘alabalari bilan muborakbod etamiz!

Kuni kecha 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Sport vazirining tegishl...
28/08/2026

Kuni kecha 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, bir guruh soha vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov topshirdi.

🚴‍♂️ Barcha taqdirlanganlarni Federatsiyamiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

—

Вчера 🇺🇿 в Сенате Олий Мажлиса Республики Узбекистан состоялась церемония награждения. В соответствии с соответствующим приказом Министра спорта группа представителей отрасли была награждена нагрудным знаком «Отличник физической культуры и спорта».

Награды вручил заместитель Министра спорта Шахрилло Махмудов.

🚴‍♂️ От всей души поздравляем всех награждённых от имени коллектива нашей Федерации!

📸Taqdirlash marosimidan fotolar
27/08/2026

📸Taqdirlash marosimidan fotolar

🚴‍♂️🇺🇿Velosport sohasi vakillari taqdirlandiOliy Majlis Senatida Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbek...
27/08/2026

🚴‍♂️🇺🇿Velosport sohasi vakillari taqdirlandi

Oliy Majlis Senatida Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Velosport federatsiyasining bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston Velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva, murabbiylar hamda velosport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Tanzila Narbayeva davlat mukofotlari yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib hissaga berilgan yuksak e’tirof bo‘lib, fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantiruvchi muhim rag‘bat ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, bir guruh soha vakillari “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, yana bir guruh mutaxassislar esa O‘zbekiston Velosport federatsiyasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar Prezidentimizning yuksak e’tibori va ishonchi uchun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishlarini ta’kidladi.

Ayollar o’rtasidagi “sprint” poygasi natijalari:🥇Gamm Valeriya - (Toshkent vil.)🥈Mohinabonu Elmurodova - (Toshkent vil.)...
24/08/2026

Ayollar o’rtasidagi “sprint” poygasi natijalari:

🥇Gamm Valeriya - (Toshkent vil.)
🥈Mohinabonu Elmurodova - (Toshkent vil.)
🥉Madina Davronova - (Toshkent-1)

Erkaklar o’rtasidagi “sprint” poygasi natijalari:

🥇Vitaliy Burlakov - (Samarqand)
🥈Kamil Yunusbayev - (Toshkent-2)
🥉Fazliddin Ergashev - (Sirdaryo)

Musobaqa g’olib va sovrindorlarini tabriklaymiz 👏

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when CyclingUz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share