31/08/2026
🇺🇿🥋 MUSTAQILLIGIMIZ MUBORAK BO‘LSIN!
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning eng buyuk qadriyati, milliy g‘ururimiz va porloq kelajagimiz poydevoridir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Sportchilarimiz xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini doimo baland ko‘tarishsin! 🇺🇿🏆
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!
30/08/2026
🇺🇿🥋🥉 Ernazar Sarsenbaev — bronza medal sohibi!
Tabriklaymiz! 🇺🇿
30/08/2026
🇺🇿🥋🥈 Nurbek Murtozoev — kumush medal sohibi!
Tabriklaymiz! 🇺🇿
30/08/2026
🇺🇿🥋🥇 Kun qahramoni — Umar Bozorov!
Lozanna “Katta Dubulg‘a” turnirida Umar Bozorov chempionlikni qo‘lga kiritib, terma jamoamizga oltin medal taqdim etdi! 🏆🇺🇿
29/08/2026
🇺🇿🥋🥈 Kun qahramoni — Arslon Tojiev!
Lozanna “Katta Dubulg‘a” turnirida Arslon Tojiev kumush medalni qo‘lga kiritdi! 🇺🇿👏
28/08/2026
🇺🇿🥋🥉Samariddin Qo’chqorov - Lausanne Grand Slam bronza medali sovrindori!
-60 kg vazndagi dzyudochimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda qozog’istonlik Sherzod Davlatovni mag’lubiyatga uchratdi. Qo’chqorov 500 reyting ochkosiga ham ega bo’ldi...
Самариддин Кочкаров — бронзовый призёр Lausanne Grand Slam!
Наш дзюдоист в весовой категории до 60 кг завоевал бронзовую медаль престижного турнира в Лозанне. В схватке за третье место Кочкаров одержал победу над представителем Казахстана Шерзодом Давлатовым.
В активе Самариддина — не только бронза Grand Slam, но и 500 рейтинговых очков.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
28/08/2026
🇺🇿🥋Muzaffarbek To‘raboyev: “Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba!”
Kecha Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi shtab-kvartirasida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, jahon chempionlari ishtirokida tadbir o‘tkazilgan va unda Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sohibi, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev ham ishtirok etgan edi.
Og‘ir vazn toifasidagi dzyudochimiz tadbir doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer bilan ham uchrashdi. To‘raboyev tadbirdagi ishtiroki hamda janob Vizer bilan uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Shveysariyadagi Olimpiya muzeyida Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti janob Marius Vizer bilan uchrashish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Men uchun dzyudo shunchaki sport emas — bu mening hayotim, mehnatim va katta maqsadlarim yo‘li. Shunday buyuk inson bilan uchrashish va suhbatlashish menga yanada katta motivatsiya beradi.
Har bir uchrashuv — yangi tajriba, har bir suhbat — yangi ilhom. Kelajakda dzyudo tarixida o‘z izimni qoldirish uchun yanada ko‘proq mehnat qilaman.
Hurmat, mehnat, intizom, maqsad, g‘alaba”, - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi To‘raboyev.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
28/08/2026
🇺🇿🥋Sportchilar salomatligi va tayyorgarligini monitoring qilish tizimi muhokama qilindi
Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlashda zamonaviy tibbiy-nazorat yechimlarini joriy etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Milliy Olimpiya qo‘mitasining ushbu yo‘nalishga mas’ul xodimlari birinchilardan Dzyudo federatsiyasi bilan pilot tarzida ishga tushirilayotgan raqamli monitoring tizimini taqdim etishdi.
Ushbu tizim orqali murabbiy va sport shifokorlarga atletlarning jismoniy holatini kunlik kuzatib borish, musobaqa oldi yuklamalar va vazn tashlash jarayonlarini xavfsiz boshqarish hamda jarohatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, barcha tibbiy ko‘rsatkichlarning yagona platformada jamlanishi har bir sportchi kesimida ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida pilot loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, sportchilarning natijadorligini oshirish maqsadida tizimni amaliyotga joriy qilish yuzasidan kelgusi qadamlar belgilab olindi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
27/08/2026
🇺🇿🥋O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tantanali kutib olindi
🇪🇨Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Vatanga qaytdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hafta qahramonlari O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, keng sport jamoatchiligi, dzyudochilarning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Ma’lumot uchun, dunyoning 60 davlati ishtirok etgan yilning asosiy musobaqasida kadetlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali jamg‘arib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgandi. Aralash jamoaviy bahslarda esa Rossiya va Fransiyadan ustun kelgan terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Yilning eng muhim musobaqasida munosib ishtirok. Oldinda bizni yangi turnirlar, yangi marralar va yangi zafarlar kutmoqda!
Герои Гуаякиля вернулись домой!
Сборная Узбекистана по дзюдо, успешно выступившая на чемпионате мира среди кадетов в Эквадоре, сегодня прибыла в Ташкент.
В аэропорту имени Ислама Каримова спортсменов торжественно встретили руководство Федерации дзюдо Узбекистана, представители спортивной общественности, родные и близкие, а также журналисты.
На мировом первенстве с участием 60 стран наши кадеты завоевали 6 медалей — 1 золотую, 1 серебряную и 4 бронзовые — и вошли в Топ-3 команд по итогам личных соревнований.
В смешанном командном турнире узбекистанцы одержали победы над сборными России и Франции и стали бронзовыми призёрами.
Достойный результат на главном старте года. Впереди — новые турниры, новые цели и новые победы!
🇺🇿Gʻolib va sovrindorlarimiz:
🥇 Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
🥈 Kumush medal:
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
🥉 Bronza medallar:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Charos Hikmatova
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
26/08/2026
🇺🇿🛫🇨🇭Terma jamoamiz Lausanne Grand Slam 2026 turniriga yo‘l oldi
🇨🇭28-30 avgust kunlari Shveysariyaning Lozanna shahrida «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 5 qit’asi 78 davlatidan kelgan jami 529 nafar (315 erkak, 214 ayol) dzyudochi umumiy 14 ta vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqadi.
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Lozanna turnirida qatnashish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi.
Сборная Узбекистана отправилась на Lausanne Grand Slam 2026
28-30 августа в Лозанне (Швейцария) состоится турнир серии «Большой шлем» — Lausanne Grand Slam 2026.
На татами одного из главных стартов международного календаря выйдут 529 дзюдоистов из 78 стран пяти континентов — 315 мужчин и 214 женщин. В 14 весовых категориях спортсмены поборются за медали и важные рейтинговые очки.
Сегодня делегация национальной сборной Узбекистана отправилась в Швейцарию для участия в престижном турнире.
🇺🇿Lausanne Grand Slam 2026 turniri uchun tarkibimiz:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
Murabbiylar - Lasha Gujejiani, Iskandar Rasulov, Rahim Subxonov
QIZLAR
-48 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-52 kg: So‘diyona Rafkatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Umida Nig‘matova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Murabbiylar - Andrey Shturbabin, Olimboy Olimov, Ulug‘bek Azizov
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati