01/09/2026
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni xalqimizning eng ulug‘ bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik yillarida yurtimizda sport, jumladan, chim ustida xokkey jadal rivojlanib, sportchilarimiz xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.
Barcha sportchilar, murabbiylar va sohaga fidoyilik bilan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va yangi zafarlar tilaymiz!
Yurtimiz tinch, bayrog‘imiz doimo baland bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
29/08/2026
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — YUKSAK E’TIROF!
Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarni sportga jalb qilish hamda O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh sport sohasi vakillari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Avazjon Karimov ham sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, chim ustida xokkey sportini rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizda ushbu sport turi nufuzini oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun federatsiyaning mas’ul xodimi Jasur Salixov, Farhod Rashidov, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi murabbiyi Qunduz Madraximova hamda Farg‘ona viloyati jamoasi murabbiyi Andrey Kim ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof soha vakillarining ko‘p yillik samarali mehnati, fidoyiligi va mamlakatimiz sportini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlariga berilgan munosib bahodir.
O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi jamoasi barcha taqdirlanganlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi!
04/08/2026
🏑 Chim ustida xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga start berildi
Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida chim ustida xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasiga rasman start berildi.
Musobaqaning ilk kunida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida dastlabki bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida kechib, jamoalar yuqori sport mahoratini namoyish etdi.
Musobaqa 8-avgustga qadar davom etadi. Yakunda O‘zbekiston kubogi sohibi hamda sovrindor jamoalar aniqlanadi.
Ma’lumot uchun: Chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslari ayni kunlarda Andijon viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.
20/07/2026
Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Belarusga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 2026-yil 21–26-iyul kunlari Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan “Kuchli sportchilar kubogi” (Кубок сильнейших спортсменов) xalqaro chim ustida xokkey musobaqasida ishtirok etish uchun joʻnab ketdi.
Musobaqada erkaklar oʻrtasida Belarus, Belarus U-21, Rossiya, Rossiya U-21 hamda Oʻzbekiston terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Terma jamoamizga nufuzli xalqaro turnirda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
09/07/2026
Olimpiya shaharchasida “Prezident olimpiadasi” doirasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Respublika saralash musobaqalari davom etmoqda.
8-iyul kungi bellashuv jarayonlaridan fotolavha.
08/07/2026
Olimpiya shaharchasida “Prezident olimpiadasi” doirasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Respublika saralash musobaqalari bahslari boshlandi.
Musobaqaning ilk uchrashuvlarida jamoalar yuqori ishtiyoq va g‘alabaga bo‘lgan intilish bilan maydonga chiqib, murosasiz bahslar namoyish etishdi.
Bugungi bellashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Toshkent shahri 2:1,
Sirdaryo viloyati — Farg‘ona viloyati 0:3,
Toshkent viloyati — Surxondaryo viloyati 8:0,
Navoiy viloyati — Samarqand viloyati 3:0,
Buxoro viloyati — Jizzax viloyati 2:0,
Xorazm viloyati — Qashqadaryo viloyati 20:0.
Respublika saralash musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda. Oldinda jamoalarni yana bir qator muhim uchrashuvlar kutmoqda.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
06/07/2026
Qur’a natijalariga ko‘ra musobaqada qatnashuvchi jamoalar A, B, C va D guruhlarga bo‘lindi.
06/07/2026
“Prezident olimpiadasi”ning chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha Respublika saralash musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Respublika saralash bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar (oʻgʻil bolalar) o‘rtasida qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi bosh kotibi Rustam Tashmuxamedov, erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Oxunjon Mirzakarimovlar ishtirok etdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra musobaqada qatnashuvchi jamoalar A, B, C va D guruhlarga bo‘linib, bellashuvlar taqvimi belgilab olindi.
Endilikda jamoalar guruh bosqichida o‘zaro bahs olib borib, keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
03/07/2026
“Futbol va ilm” sport va fan innovatsiyalari forumi oʻtkazildi
O‘zbekiston Milliy futbol markazida “Futbol va ilm” sport va fan innovatsiyalari forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov, Sog‘liqni saqlash, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirliklari mutasaddilari, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali, Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xodimlari, O‘zbekiston Futbol assosiatsiyasi trenerlari ishtirok etib, mamlakatimizda futbolni ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish hamda sport va ilm-fan integratsiyasini yanada mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Forum doirasida soha mutaxassislari va olimlar tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan:
Obidjon Igamberdiyev — “Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida futbolchilarni saralab olish va futbolchilarni tayyorlashning milliy modelini yaratish”;
Anvar Sattorov — “Oliy ta’lim muassasalarida futbol to‘garaklarini tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-pedagogik asoslari”;
Dilafruz Abdullayeva — “Sportchilar uchun oqilona ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar”;
Vladimir Serebryakov — “Futbolchilarning yuqori intensiv jismoniy yuklamalarga moslashuvining fiziologik mexanizmlari” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Forum davomida futbolni ilmiy asosda rivojlantirish, sport tibbiyoti, seleksiya, ta’lim, innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Shuningdek, forum yakunida markazda sportchi-murabbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, markazda joylashgan binolar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Milliy Futbol Markazi boʻylab sayohat tashkil etildi.
03/07/2026
Avval xabar berganimizdek, Olimpiya shaharchasida “Prezident olimpiadasi”ning chim ustida xokkey sport turi bo‘yicha Respublika saralash musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar guruh bosqichida o‘zaro bahs olib borib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishmoqda.
Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida kechayotgan bo‘lib, jamoalar g‘alaba uchun astoydil harakat qilmoqda.