26/08/2026
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Uchko‘prikda mustaqillik bayrami tantanalari davom etmoqda
Uchko‘prik tumanida eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlanmoqda.
Tuman markaziy o‘yingohida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tantanalari davom etmoqda.
Bayram tantanalarida ishlab chiqarish faollari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan tumandoshlarimiz, keng jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.
Tadbir davomida samarali faoliyati bilan yurt rivoji va iqtisodiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.